Kontent qismiga oʻtish

Izzat Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Иззат Султон (Иззат Отахонович Султонов)
рус. Иззат Султан
Tavalludi 16(29)10.1910
Vafoti 29.07.2001
 Oʻzbekiston Toshkent shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRI Oʻzbek SSR Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Zamira Sultonova.
Bolalari Alisher, Rafiq, Raʼnoxon-oʻzbek tili oʻqituvchisi, Yulduz-chevar, Saodat-kolledjda oʻqituvchi, tarjimon, Shirin-"Toyota" firmasi menedjeri, Layli-Toshkent shahridagi „Stomaservis“ shaxsiy stomatologiyasi bosh vrachi.
Otasi Otaxon (1920 yili vafot etgan) Oʻsh uyezdi rahbarining kotibi va tarjimoni, chevar.
Onasi Bahriniso (1893-1965) Oʻsh shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari 2 ta orden sohibi, Shuhrat medali, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti laureati, Kompartiya MQ va Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Izzat Sulton (19102001) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, oʻzbek olimi, akademik, adabiyotshunos, dramaturg, tanqidchi, 2 ta orden va Shuhrat medali sohibi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Mukofoti sovrindori.

Izzat Sulton 1910-yili Oʻsh shahrida chevar (portnoy) oilasida dunyoga kelgan, bolalar uyida katta boʻlgan. Uning bobosi Sartoy Sulton sariqdan kelgani yoki rus tilida bemalol „chugʻurlashgan“i uchunmi, hamshaharlari „Sulton sariq“ deb atashgan. Ana shu „Sulton sariq“ asli turkistonlik boʻlib, chorvadorlik bilan mashgʻul boʻlgan. Turkiston XIX asrning 60-yillarida istilo etila boshlaganida mustamlakachi zobitlaridan biri unga rus qoʻshinini goʻsht bilan taʼminlab turish vazifasini topshirgan. Shu tarzda Sartoy Sulton rus qoʻshinlari Xitoy chegaralariga etib borguniga qadar oʻn ikki yil davomida ularni goʻsht bilan taʼminlab borgan. Nihoyat, Oʻsh shahrida muqim yashab, Oʻsh hokimiga mirzalik va tilmochlik qilgan. Shu yerda uning farzandi Otaxondan Izzatulla ismli boʻlajak oʻzbek olimi va dramaturgi dunyoga kelgan. Izzatulladan avval Rahmatulla, Habibulla va Fayzulla ismli uch akasi va Saodat ismli singlisi tugʻilgan. Sartoy Sulton oʻzbek xalqining kelajagi Rossiya bilan bogʻliq boʻlajagini sezib, toʻngʻich nevarasini hatto oʻgʻli Otaxonning noroziligiga qaramay, rus-tuzem maktabiga oʻqishga bergan. Rahmatulla shu maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, oʻzbek bilim yurtida oʻqishni davom ettirgan. U Choʻlponning yaqin doʻsti boʻlib, uning 24 yoshida dunyoni fojiali ravishda tark etishi zabardast shoirni larzaga keltirgan va u doʻstiga bagʻishlab koʻz yoshlarini toʻka-toʻka marsiya yozgan. Fayzulla maʼlum vaqt Andijonda muallimlik qilib, hatto dramaturg Komil Yashinga ilk adabiy saboq berib, 1937-yil tegirmonidan omon chiqmagan… Etikdoʻzga shogird tushib, turmush tashvishlari bilan yashagan Habibulla esa sil kasalligiga yoʻliqib, onasi bilan singlisi Saodatni dogʻda qoldirib ketgan. Otaxon aka, parishonxotirlik orqasida boʻlsa kerak, oʻgʻli Izzatullaning tugʻilgan sanasini 1911-yil, deb yozgan ekan. „Men, — deb hikoya qilgan edi Izzat Sulton shogirdi — filologiya fanlari doktori Noʻʼmon Rahimjonovga, — 1911-yili 29-iyunda tugʻilganman. Otamning kundalik daftariga shunday yozib qoʻyilgan ekan. Ocharchilik yillari sal-pal esimda bor. Oʻshanda odamlar koʻkat eb, shishib ketishgani, oʻlganlarini elas-elas eslayman. Bizning oilamizga ham ana shunday fojealar koʻlankasi tushdi. 1920-yili dadam oʻldi. Undan sal oldin bobom olamdan oʻtdi. Onamiz bir etak bolalar bilan yakka qoldi… Otam olamdan oʻtganda Bahrixon 26-27 yoshlarda edi 1965-yili vafot etdi. Otamdan keyin 45 yil yashadi. Hammamizni oyoqqa qoʻydi…“ Izzat Sulton hayotning shunday mashaqqatli soʻqmoqlaridan oʻtish jarayonida shaxs sifatida shakllana boshladi. 1924-yilda „razvyorstka“ degan soʻz paydo boʻlgan. Bu „razvyorstka“ga koʻra, har bir viloyat falonchadan bolalarni yirik shaharlarga oʻqishga yuborishi lozim edi. Ana shu „razvyorstka“ sabab boʻlib, Izzatulla dastlab Qoʻqonga, soʻngra Toshkentga oʻqishga yuborildi. U 1927-yilga qadar Beshyogʻochdagi „Narimonov“ (Namuna) oʻzbek bilim yurtida oʻqidi. Shu yili bilim yurti bilan Oʻqchi koʻchasidagi taʼlim-tarbiya texnikumning bitiruvchi guruhlari qoʻshib yuborildi. U mazkur oʻquv yurtini tugatganidan soʻng 1939-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutiga ishga kelguniga qadar yana bir qancha joylarda ham ishlab, ham oʻqidi. U ikkinchi jahon urushi boshlangan davrdan 1948-yilga qadar Oʻzbekfilm kinostudiyasida turli lavozimlarida xizmat qildi.

Izzat Otaxonovich Sultonovning faol ijtimoiy ishlari boshlandi,

Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi boʻlgan. Izzat Sulton koʻplab asarlar muallifi.

Taqdir Izzat Sultonga turmushning qaysi koʻchalarida yurish va yashashni ravo koʻrgan boʻlmasin, uning koʻnglida adabiyotga, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga boʻlgan mehr doimo yashadi… Buni qarangki, boʻlajak adabiyotshunos olimning „Yosh leninchi“ gazetasining 1931-yil 16-sentabr sonida bosilgan ilk maqolasi oʻzbek tili va adabiyotining shu buyuk asoschisiga bagʻishlangan va „Mir Alisher Navoiy“ deb atalgan edi. Shundan keyin uning „Farhod va Shirin“ning yangicha qoʻyilishi", „Adabiy merosimizni oʻrganaylik“ (1937-yil), „[[Rustaveli Shota|Rustaveli va Navoiy“, „Mir Alisher Navoiy“ (1938-yil), „Makorim ul–axloq“ haqida", „Navoiyning tadqiqotchilari“ (1941-yil), „Makorim ul–axloq“ va uning muallifi" (1945-yil), „Navoiyga zamondosh shoirlar toʻgʻrisida“ (1948-yil) singari qator maqolalari eʼlon qilindi. Uning 1942-yili yozgan „Buyuk Alisher“ kinossenariysi esa Uygʻun va V.Shklovskiy bilan hamkorlikda yozilgan „Alisher Navoiy“ kinossenariysi hamda Uygʻun bilan hammualliflikda yozilgan shu nomdagi mashhur dramaning maydonga kelishida poydevor boʻlib xizmat qildi. Komil Yormatov ekranlashtirgan film ham, Mannon Uygʻun sahnalashtirgan spektakl ham oʻzbek kino va teatr sanʼatlarining shoh asarlaridan biri boʻlib qoldi. Olim 1946-yilda "Alisher Navoiyning „Mezon ul–avzon“ asari va uning tanqidiy matni" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu tarzda Alisher Navoiy mavzui Izzat Sulton ilmiy va ijodiy faoliyatining asosiy qon tomiri boʻlib qoldi. 1957-yili Izzat Sulton Chilonzor tumanida joylashgan adabiyotchilar yashaydigan koʻp qavatli uyga koʻchib oʻtdi. U bilan birga bu uyda Said Ahmad, Odil Yoqubov, Rahmat Majidiy, Samig Abduqaxxor, Poʻlat Moʻmin, Aleksandr Udalov, Anna Almatinskaya, Shuhrat, Vaxob Roʻzimatov, Zohid Obidov, Tolib Yoʻldosh, Aziz Abdurazzoq, V.Ivanov, Vladimir Lipkin, Ozod Sharafiddinov, Rahmon Bahrom, Yusuf Boʻlat, J.Abdullaxonov, Mavlon Ikrom va boshqa adabiyotchilar yashashdi. Izzat Sulton Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga 2001-yili dafn etilgan.

Kinossenariylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kinofilm „Alisher Navoiy“, СССР, Soyuzmultfilm, „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, 1947-yil. 15-asrning buyuk oʻzbek mutaffakiri Alisher Navoiy (1401-1501)-hayoti va ijodi haqidagi tarixiy-biografik kinofilmi. 1948-yili kinofilm 2-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan. Rejissor Komil Yormatov, ssenariy mualliflari Izzat Sultonov, Aleksey Speshnev. Rollarda: Razzoq Hamroyev, A.Ismatov, A.Jalilov, T.Nazarova, S.Tolipov, Rahim Pirmuhamedov, S.Yunusov.
  • Kinofilm „Jinni“ (rus. „Oderjimiy“) 1966-yil, „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, rejissor Zohid Sobitov, Ssenariy muallifi Izzat Sultonov, kinooperator L.Travitskiy. Rollarda: Zokir Muhamadjonov, Toʻlagan Rajimetov, Gurgen Tonuns, Svetlana Norbayeva, Olim Xoʻjayev, Antonina Rustamova, Mixail Gluzskiy.
  • Kinofilm „Senga intilaman“ 1972-yil, „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, rejissor Albert Xachaturov, ssenariy muallifi Izzat Sultonov, kinooperator Asker Izmaylov. Rollarda: Marat Oripov, Svetlana Norbayeva, Yoqub Ahmedov, Nabi Rahimov, Aida Yunusova.
  • Kinofilm „Vodiyda dovul“ 1972-yil, rejissor Toxir Sobirov, ssenariy muallifi Igor Jukovskiy. Epizodda Izzat Sultonov rol oʻynagan.
  • Izzat Sultonov. Adabiyot nazariyasi. Maktablar uchun darslik. Toshkent, 1939-yil.
  • Izzat Sultanov. Alisher Navoi, v sbornike Uzbekskaya sovetskaya dramaturgiya, Moskva, 1951 g.
  • Izzat Sultan. Svet Rossii, jurnal „Zvezda Vostoka“ № 9 1959 g.
  • Izzat Sulton. Piesalar, maqolalar, Toshkent, 1959-yil.
  • „Oʻzbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari“ ikki jildligi (19611962).
  • Izzat Sultan. O znachenii tvorchestva Xamzi Xakimzade Niyazi v formirovanii metoda sotsialisticheskogo realizma v uzbekskoy literature. V sbornike Voprosi uzbekskoy literaturi, Tashkent, 1967 g.
  • Izzat Sulton Navoiyning qalb daftari. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1969-yil.
  • Izzat Sulton Asarlar 4 tomlik. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti 19711974-yil.
  • Izzat Sultan. Kniga priznaniy Navoi. Jizn i tvorchestvo velikogo poeta so slov ego samogo i sovremennikov. avtoriz. per. s uzb. A.Zirin; stixi per. S.Ivanov. Izd-vo lit. i iskusstva, Tashkent, 1979 g. 327 s.
  • Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. ikki jildligi, Toshkent Oʻqituvchi nashriyoti, 1980-yil.
  • Izzat Sultonov. Adabiyot nazariyasi. Oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlari uchun darslik. 406 s. 22 sm, 2 nashr, Toshkent, Oʻqituvchi nashriyoti 1986-yil.
  • „Oʻzbek sovet tanqidchiligi tarixi“ ikki jildligi (1987)ning mualliflaridan biri, muharriri boʻldi.
  • Izzat Sultan Kniga priznaniy Navoi. Jizn i tvorchestvo velikogo poeta so slov ego samogo i sovremennikov Bukinisticheskoe izdanie. Izd-vo lit. i iskusstva, Tashkent 1985 g. 304 str. Adadi 60000 nusxa.
  • „Burgutning parvozi“ (1940), „Imon“ (1960), „Nomaʼlum kishi“ (1963), „Bilmayin bosdim tikanni“, „Istehkom“, „Abdulla Qodiriyning Oʻtgan kunlari singari dramalar“, „Fidoyi“, „Dahoning yoshligi“, „Senga intilaman“ kinosenariylar, „Shoir qalbi“ librettosi muallifi, „Bahouddin Naqshband abadiyati“ (1994) monografiyasi.

Akademik Izzat Sulton ijodi xaqida yozilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]