Kengash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kengash — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Toshkent shaharda chiqqan (1917, iyun— sentabr). Turkiston musulmonlari Markaziy shoʻrosining nashri. "Najot" gaz.ning (1917 yil mart—iyun) oʻrniga chop etilgan. Gazetaga dastlab tarixchi olim Zakiy Validiy, keyinchalik Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirlik qilgan. "K." Turkiston muxtoriyati gʻoyasini keng targʻib qilgan. Jami 16 soni chiqqan. 1917 yil oktabrda "Turon" gazeta bilan birlashib, "Turk eli" nomi bilan nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil