Rustam — Oʻrta Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotidagi anʼanaviy obraz; mardlik, pahlavonlik haqidagi mifologik tushuncha va epik idealning ramziy ifodasi. Bu obraz forsafsonalari va "Shohnoma"da Eron himoyachisi sifatida naql etilsa, turkiy xalqlareposi va afsonalarida Afrosiyobning bobosi — Turning avlod - ajdodidan deb taʼriflanadi va u Turonni chet el bosqinchilaridan himoya qiladi. Rustam obrazida toʻgʻrilik, mehribonlik, adolatparvarlik hamda soddadillik kabi axloq meʼyorlari mujassamlashgan.[1]