Dekada
Dekada (yunoncha "dekas" — "oʻnlik") — 1) oʻn kunlik vaqt. Qadimgi Misrda vaqt oʻlchov birligi. Fransiyada 18-asr oxirida fransuz burjua inqilobi davrida hafta oʻrnida qoʻllanilgan;
2) fizikada — chastota intervali (oraligʻi) birligi; ikki chastota (ft va f2) oraligʻidagi intervalga teng.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |