Italyan tili
| Italyan tili | |
|---|---|
| Milliy nomi: | Italiano, Lingua italiana |
| Mamlakatlar: | Italiya, San Marino, Malta, Shveysariya, Vatikan, Sloveniya, Xorvatiya, Argentina, Braziliya |
| Mintaqalar: | Somali, Eritreya, Liviya |
| Rasmiylik holati: | Xatolik! |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: | 59 million (ona tili; 2007)[1] 85 million (umuman)[2] |
| Tartiblovchi tashkilot: | Accademia della Crusca (norasmiy) |
| Oʻrni: | |
| Holati: | |
| Turkumlanishi | |
| Turkum: | Yevroosiya tillari |
Hind-Yevropa tillari
|
|
| Alifbosi: | Lotin alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | it |
| ISO 639-2 | ita |
| ISO 639-3 | ita |
| Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik | |
Italyan tili (ital. italiano — „italyancha“ yoki ital. lingua italiana — „italyan tili“) roman tillaridan biri boʻlib, unda asosan Italiya, Shveysariya, San Marino, Vatikanda gaplashishadi; bundan tashqari Malta, Monako, Xorvatiya, Sloveniya, Fransiya, Liviya, Eritreya va Somali kabi mamlakatlarning ayrim viloyatlarida italyancha gaplashadigan aholi istiqomat qiladi.[3] Amerika va Avstraliya qitʼalarida ham baʼzi immigrantlar italyan tilini ona tili deb hisoblaydi.
Italyan tili — italyanlar tili. Hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Shveysariya, Shim.sharqiy Afrika, Jan. va Shim. Amerikada tarkdlgan. I. t.da 65 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi (1992). I. t. shevalari 3 katta guruhga boʻlinadi: shim., markaziy va jan. Jonli lotin tili asosida yuzaga kelgan. Lotin tilining asta-sekin I. t. sifatida qayta tarkib topishi 6— 10-a.larga toʻgʻri keladi. 13-a.dan boshlab, ijtimoiy-iqti-sodiy va siyosiy taraqqiyot b-n Italiya shevalari ichida Florensiya (Toskan) shevasi alohida oʻrin egalladi va shu asosda italyan adabiy tili shakllandi. I. t.dagi soʻzlar deyarli qoʻsh undoshli boʻlib, unli tovushlar b-n tugaydi. Urgu soʻzning oxiridan ikkinchi boʻgʻiniga tushadi. Egalik olmoshi artikl b-n keladi. Gapda soʻz tartibi erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. [4]
Yevropa Ittifoqi statistikasiga binoan italyancha 59 million nafar aholi uchun ona tilidir, yana 14 million kishi undan ikkinchi til sifatida foydalanadi.[2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Nationalencyklopedin "Världens 100 största språk 2007" The World's 100 Largest Languages in 2007
- ↑ 2,0 2,1 Eurobarometer – Europeans and their languages PDF (485 KB), February 2006
- ↑ Ethnologue report for language code:ita (Italy) – Gordon, Raymond G., Jr. (ed.), 2005. Ethnologue: Languages of the World, Fifteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online version
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
