Adolf Otto Reinhold Windaus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adolf Otto Reinhold Windaus (talaffuzi: Adolf Otto Reynhold Vindaus) (1876.25.12, Berlin — 1959.9.6, Gyottingen) — nemis kimyogari va biokimyogari. Gyottingen kimyo instituti direktori va professor (1915—44). Steroidlarning tuzilishi ustida tadqiqotlar oʻtkazgan. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida ergosterindan D vitamin hosil boʻlishini aniqlagan (1932). V. sintez yoʻli bilan gistamin olgan, raxitga qarshi moddalarni oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1928)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil