Robert Burns Woodward

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Robert Burns Woodward (1917.10.4-1979.8.7) - amerikalik organik kimyogar. Garvard universiteti professori (1950-yildan). V. murakkab va biologik muhim organik birikmalar: xinin (1944), kortizon (1951), rezerpin (1956), xlorofill (1960), tetratsiklinni (1962) sintez qilgan, shuningdek strixnin, terramitsin bilan aureomitsin, magnamitsin, tetrodoksin va b. bir qancha muxim tabiiy birikmalarning tuzilishini aniqlagan, organik reaksiyalar mexanizmiga doyr bir qancha muhim tadqiqotlar oʻtkazgan. Nobel mukofoti laureati (1965).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "VUDVORD (Woodward) Robert Berne" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil