Ernst Otto Fischer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ernst Otto Fischer (1918.10.11, Solna – 2007.23.7 Munhen) — nemis organik kimyogari. Myunxen oliy texnika maktabini tugatgach, shu maktabda ishlagan (1949 yildan), professor (1964 yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Texnetsiy (Ts) va transuran elementlarning [plutoniy (Ri) dan kaliforniy (Cf) gacha] metallorganik hosilalarini sintez qilgan, uglerod bilan 5f elektron konfiguratsiyali metallar orasida kimyoviy bogʻ hosil boʻlishi mumkinligini aniqlagan. Ilk bor oraliq metallarning barqaror karben komplekslarini olgan, oraliq metall — ikki valentli uglerod bogʻining fizik xossalarini mukammal oʻrgangan (1964), metallarning karbin komplekslarini sintez kilgan (1973). Nobel mukofoti laureati (1973, Geoffrey Wilkinson bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil