Georg Wittig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georg Wittig (1897.16.6 — 1987.26.8) — nemis organik kimyogari. Tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bagʻishlangan. Fenillitiy taʼsirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslagan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonil birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaksiyasini kashf etgan (qarang Vittig reaksiyasi, 1954). Tripiyensenni sintez qilgan (1956). YANR usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Nobel mukofoti laureati (1979, Herbert C. Brown bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "VITTIG (Wittig) Georg" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil