Herbert Brown

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Herbert C. Browndan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Herbert Charles Brown (1912.22.5, London — 2004.19.12, Lafayette, Indiana, AQSh) — Amerika kimyogari. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1957-yildan). Asosiy tadqiqot ishlari bor kimyosiga oid. Diboranni sintez kilishning oddiy usulini ishlab chiqqan. Toʻyinmagan organik birikmalarni gidroborirlash reaksiyasini kashf etgan (1959). Trimetilbor yoki diboran hosilalarining aminga qoʻshilishini tadqiq qila turib, molekuladagi sterik kuchlanishnimiqdoriy usulda oʻrganish nazariyasiga asos solgan. Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi (1966-yildan), Nobel mukofoti laureati (1979, G. Vittig bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. "BRAUN (Braun) Gerbert Charlz" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil