Vincent du Vigneaud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Vincent du Vigneaud

Dyu Vinyu Vinset (1901.18.5, Chikago — 1978.11.12) — amerikalik biokimyogar. Sent Luisdagi J. Vashington universiteti (1932-yildan) va Kornell universiteti Tibbiyot kolleji professor (1938-yildan). Ilmiy ishlari asosan gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar kimyosiga oid. D. insulinning kimyoviy tuzilishini tekshirgan, oksitotsin (1932) va vazopressinlarning har biri yopiq qalqa shaklidagi S—S bogʻlar hosil qiluvchi 8 ta aminokislotadan tashkil topganligini aniklagan. Avstriyalik biokimyogar E. Tuppiga bogʻliq boʻlmagan holda oksitotsinni kristall holatda ajratib olgan (1953). Penitsillinni sintez qilish mumkinligini koʻrsatib bergan, V guruhi vitaminlarining olinish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1955)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil