Paul Sabatier (kimyogar)
Qiyofa
Paul Sabatier (1854-yil, 11-may, Karkasson — 1941.14.8) — fransuz kimyogari. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1913-yildan). Tuluzadagi Oliy pedagogika institutini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878—80), Bordo (1881), Tuluza (1882—90) universitetlari xodimi (1884-yildan professor). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar oʻrniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt va temirdan foydalangan. Nobel mukofoti laureati (1912)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |