Adolf von Baeyer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Adolf von Baeyer
Tavalludi 31-oktabr 1835
Berlin
Vafoti 20-avgust 1917
Shtarnberg
Fuqaroligi Germaniya imperiyasi
Sohasi Kimyo
Alma mater Berlin Universiteti
Mashhur sovrinlari Nobel mukofoti

Adolf von Baeyer (talaffuzi: Adolf fon Baeyer) (1835.31.10, Berlin – 1917.20.8, Shtarnberg) – nemis kimyogari. Peterburg Fanlar Akademiyasining xorijiy muxbir aʼzosi (1892). Boʻeqlar va atsiklik birikmalar sintezi asoschilaridan biri. 1883-yilda indigoni toʻliq sintez qilib, uning tuzilishini aniqladi. Sistransizomeriya tushunchasini amaliyotga tadbiq etdi. Pirrol va piridin asoslarini, siydik kislota guruhi birikmalarini oʻrgandi, kondensatsiya reaksiyalarini tadqiq qildi. B.ning atsetilen, aromatik va alitsiklik uglevodorodlar sohasidagi tadqiqotlari kuchlanishlar nazariyasining kashf etilishiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1905)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil