Alfred Werner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alfred Werner (talaffuzi: Alfred Verner) (1866.12.12, Myuluz, Elzas — 1919.15.11, Syurix) — shveysariyalik anorganik kimyogar, kompleks birikmalar kimyosi asoschilaridan biri. Syurix universiteti professor (1893-yildan). V. maʼlum boʻlgan va hali maʼlum boʻlmagan juda koʻp birikmalarni sintez qilgan, ularni tartibga va bir tizimga solgan. Bu birikmalar tuzilishini isbot qilish maqsadida amaliy usullar ishlab chiqqan. V.ning ichki kompleks birikmalar toʻgʻrisidagi qarashlari koʻpgina organik moddalar (xlorofill, gemoglobin va b.)ning tuzilishini aniqlashga yordam berdi. Uning koordinatsion nazariyasi kompleks birikmalar kimyosiga asos soldi va bilimning turli fan sohalarida keng qoʻllanildi. Nobel mukofoti laureati (1913)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil