George de Hevesy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

XEVESHI (lot. Hevesy) Dyerd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizik-kimyogar, radiokimyogar. Vengriya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1945 yildan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911— 13), Venadagi radiy institutida (1913), Budapesht universitetida (1913—20) ishlagan (1918 yildan professor). Kopengagen (1920—26 va 1934—43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943 yildan) universitetlari professor Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biol.da radioaktiv indikator (radiy D) qoʻllab oʻsimliklarda qoʻrgʻoshinning taqsimlanishini oʻrgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Ogʻir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil