Irène Joliot-Curie
| Irène Joliot-Curie | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 12-sentyabr 1897 |
| Vafoti | 17-mart 1956[1] |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Otasi | Pierre Curie |
| Onasi | Marie Curie |
Iren Jolio-Kyuri (fransuzcha: Irène Joliot-Curie; 1897.12.9 - Parij - 1956.17.3) - fransuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va Mariya Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926-yilda Frederik Jolio-Kyuriga turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birga ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934-yilda Frederik Jolio-Kyuri bilan hamkorlikda sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939-yilda neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil boʻlgan yadroviy reaksiya mahsuli — lantan hosil boʻlishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning boʻlinish reaksiyasini kashf qilishda muhim boʻlgan. Kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini, pozitron radioaktivlikni kashf qilgan Nobel mukofoti laureati (1935).[2][3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Léonore identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Kimyogarlar
- 1897-yilda tugʻilganlar
- 12-sentyabrda tugʻilganlar
- 1956-yilda vafot etganlar
- 17-martda vafot etganlar
- Ayollar Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar