William Giauque

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jiok (Gianque) Uilyam Frensis [1895.12.5, Niagara-Fole (Kanada) — 1982.29.3] — amerikalik fizik-kimyogar, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1936 yildan). Kaliforniya universiteti professor (1934 yildan). Asosiy ishlari moddalarning termodinamik xossalarini, shu jumladan kondensirlangan gazlarning oʻta past temperaturalardagi xossalarini tekshirishga bagʻishlangan. Termodinamikaning 3-boshlanishini amaliy tadqiqotlar oʻtkazish natijasida tekshirgan. D. Mak-Dugal bilan hamkorlikda IK dan past temperaturalar xreil qilish va oʻta past temperaturalarni oʻlchash maqsadida adiabatik magnitsizlanish usulini ishlab chiqqan (1927). 0,5 K temperatura hosil qilishga erishgan. G. Jonston bilan hamkorlikda kislorodning “O va |8O izotoplari mavjudligini isbotlagan (1929). Nobel mukofoti laureati (1949).[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari