Max Perutz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PERUTS (Perutz) Maks Ferdinand (1914.19.5 Vena2002.6.2) — ingliz biokimyogari (asli avstriyalik). 1936-yildan Kembrij universitetida ishlagan. London qirollik jamiyati (1954), Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1963), Avstriya Fanlar akademiyasi (1963) akademik, Kembrij universitetining molekulyar biologiya laboratoriyasi mudiri (1962-yildan). Asosiy ilmiy ishlari molekulyar biologiya bilan bogliq. Izomorf almashtirish (ogʻir metallar atomlarini oqsil molekulasiga kiritish) metodini ishlab chiqqan (1953). Rentgen-strukturaviy taxlil qilish, izomorf almashtirish usullari hamda kompyuter texnologiyasi yordamida gemoglobin molekulasi strukturasini aniklagan va uning modelini yaratgan (1960). Nobel mukofoti laureati (1962, J. K. Kendryu bilan hamkorlikda).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari