Victor Grignard
Victor Grignard (talaffuzi: Viktor Grignard) (1871.6.5, Sherbur — 1935.13.12, Lion) — fransuz organik kimyogari. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1926-yildan). Asosiy ishlari organik birikmalar sintezi va ularni tekshirishga bagʻishlangan. Alkilgalogenidlar va efir muhitidagi magniy asosida olinadigan aralash magniyorganik birikmalar ishtirokida organik birikmalarni ilk bor sintez qilgan (1900). Bu reaksiyalarda efirda eritilgan alkilmagniy galogenidlar (Grinyar reaktivi) asosiy reagent ekanligini aniqlagan. Uglevodorodlar, spirtlar (1901 — 03), ketonlar, aldegidlar (1906), efirlar, nitrillar, aminlar (1920), kislotalar va b. sintezida magniyorganik birikmalardan foydalangan. Bu sintezlar (Grinyar reaksiyasi) kimyo amaliyotida keng qoʻllanadi. Nobel mukofoti laureati (1912)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |