Roald Hoffmann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roald Hoffmann
Tavalludi 18-iyul 1937
Zlochev, Polsha
Fuqaroligi Second Polish Republic[1][2] va AQSh[3][4][5]
Sohasi Kimyo
Taʼlimi Kolumbiya universiteti
Garvard universiteti
Mukofotlari Nobel mukofoti

Roald Hoffmann (1937.18.7, Zlochev, Polsha) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1972). Kolumbiya universitetini tugatgan (1958). 1965-yilgacha Garvard universitetida ishlagan, 1965-yildan Kornell universitetida ishlaydi (1968-yildan professor). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganishga oid. R.B.Vudvord bilan hamkorlikda moslashgan reaksiyalar uchun orbital simmetriyaning saqlanish qoidasini (Vudvord—Xofman qoidasi) taklif qilgan (1965). Kimyoviy oʻzgarishlar yoʻlidagi energetik gʻovlar shakllanishining fizik mohiyatini aniqlagan (1970). Stereokimyo va kompleks birikmalar sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirgan (1978— 80). Nobel mukofoti laureati (1981; K. Fukui bilan hamkorlikda)[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]