Odd Hassel
Jump to navigation
Jump to search
Odd Hassel (1897.17.5, Oslo — 1981.11.5) — norvegiyalik fizik-kimyogar. Norvegiya fanlar akademiyasi aʼzosi (1933). Myunxen universitetida (1922—23). Berlin fizikkimyo va elektrokimyo institutida (1923—24). Oslo universitetida (1925—64) ishlagan (1934 yildan prof). Asosiy ilmiy ishlari organik birikmalar stereokimyosiga oid. Elektronografiya usulini rivojlantirgan va uni murakkab moddalar molekulalarini tadqiq qilishda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1969; Derek Barton bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar[tahrir]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |