Hans von Euler-Chelpin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Eylerxelpin Gans Karl Avgust Simon fon (1873.15.2, Augsburg, Germaniya — 1964.6.11) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi aʼzosi (1914 yildan). Berlin universitetini tugatgan (1885). Gyottingen (1896—97), Stokgolm (1898 yildan) universitetlarida ishlagan (1906 yildan professor). Stokgolm universitetining Biokimyo instituti (1929—37), Organik kimyo instituti (1938—48), ayni vaqtda (1940 yildan) Vitamin instituti direktori. Asosiy ilmiy ishlari biokimyo jarayonlari mexanizmini oʻrganishga oid. Fermentlarni tadqiq qilgan (1905—40). Tirik organizmlarda fermentlar taʼsirida kimyoviy reaksiyalar tezligining ortishini aniklagan va bu jarayonni biokataliz deb atashni taklif etgan. Karotinning fizologik faolligi jihatdan A vitaminga yaqinligini topgan (1928). Biokimyoviy shishlarni oʻrganishga katga hissa qoʻshgan. Nobel mukofoti laureati (1929; A. Garden bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil