Melvin Calvin
Qiyofa

Melvin Calvin (1911-yil, 6-iyul, Sent-Pol, AQSH, Minnesota shtati – 1997-yil, 1-avgust, Berkeley) — amerikalik biokimyogar. Vashington Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Michigan togʻ ishi va texnologiyasi kollejini tugatgan (1931). Berklidagi Kaliforniya universiteti professor (1947-yildan). Ilmiy ishlari fotosintezga oid. Calvin oʻsimliklarning SO2 ni oʻzlashtirish paytda sodir boʻladigan biokimyoviy jarayonlar bosqichlarini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1961)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |