Otto Wallach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BALLAX (Wallach) Otto (1847. 27. 3, Kenigsberg — 1931. 26. 2, Gyottingen) — nemis organik kimyogari. Bonn (1876 yildan), Gyottingen universiteti professor (1889— 1915). Asosiy ishlari alitsiklik biri kmalar va terpenlar kimyosiga oid. U terpenlar sinfiga mansub qator birikmalar (limonen, fellandren, terpineol, fenxon, metilgeptanon va b.)ni ajratib olgan va ular xossala-rini oʻrgangan, shuningdek terpenlar-ning izoprenlar bilan genetik boglan-ganligini koʻrsatib bergan (1891); aldegidlar va ketonlarning birlamchi hamda ikkilamchi aminlar va chumoli kislotalar bilan qaytarilib aminlanish reaksiyasini kashf etgan. Germaniyada xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan korxona qurish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1910).[1][2]

Manbalar[tahrir]