Carolyn Bertozzi
| Carolyn Bertozzi | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
Carolyn Ruth Bertozzi 1966-yil 10-oktyabr |
| Fuqaroligi | AQSh[1] |
| Taʼlimi |
Harvard Universiteti (Bakalavr) California universiteti, Berkeley (Magistratura, PhD) |
| Kasbi | Kimyogar |
| Otasi | William Bertozzi |
Carolyn Bertozzi (talaffuzi: Karolin Bertotssi)(1966-yil 10-oktyabr, Boston, AQSh) — amerikalik kimyogar. Molekulalarni har qanday sharoitda olish imkonini beruvchi uskunalarni yaratganligi uchun kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori(2022)[2].
Stenford universiteti professori[3], Lourens Berkli Milliy Laboratoriyasi qoshidagi Molecular Foundry nomidagi nanotexnologiya tadqiqot markazi sobiq direktori. AQShning Milliy Fanlar Akademiyasi(2005) va Tibbiyot fanlar akademiyasi(2011) aʼzosi, Leopoldina(2008)[4] hamda London Qirollik jamiyatining xorijiy aʼzosi(2018). Karolin Bertozzi ilmiy ishdagi yutuqlaridan dalolat beruvchi koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. 33 yoshida u MacArtur stipendiyasini olgan. 2010-yilda u nufuzli Lemelson-MIT mukofotini olgan birinchi ayol boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yadro fizigi, Massachusets texnologiya instituti professori Uilyam Bertozzi oilasida tugʻilgan (1931-yilda tugʻilgan), Bates chiziqli tezlatgichining asoschisi va uzoq muddatli direktori boʻlgan[5]. Carolynning onasi filolog Norma Gloria Bertozzi (sobiq Berringer, 1933-2021), Gloria ham farzand ko‘rishdan oldin Massachusets texnologiya institutining fizika bo‘limida ishlagan[6]. Carolyn Massachusets shtatining Lexington shahrida oʻsgan, uchta qizning oʻrtanchasi boʻlgan[7]. Katta opasi — matematik Andrea Luisa Bertozzi (1965-yilda tugʻilgan), singlisi — terapevt Diana Joy Hindermann (1969-yilda tugʻilgan)[8].
U Harvard universitetini 1988-yilda, kimyo boʻyicha bakalavr bosqichini tamomlagan, u yerda professor Jo Grabowski rahbarligida fotoakustik kalorimetrni yaratish ustida ishlagan. 1993-yilda Berklida doktorlik darajasini oldi.i Poligosaxarid analoglarining kimyoviy sintezi ustida ishlagan va Kaliforniya universitetida immunologiya boʻyicha doktorlik dissertatsiyasining bir qismi sifatida endotelial oligosaxaridlarning yalligʻlanish oʻchoqlarida hujayra adgeziyasi taʼsirini oʻrgangan.
1996-yilda u Berkliga qaytib, uning kimyo boʻlimiga kirgan. Hozir glikobiologiya va bioortogonal kimyo sohasida ishlaydi[9].
Carolyn Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi(2003), Amerika fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi aʼzosi(2002) hisoblanadi.
Mukofotlar va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| № | Yil | Mukofot nomi |
|---|---|---|
| 1 | 1987-yil | Phi Beta Kappa |
| 2 | 1997-yil | Alfred P. Sloan tadqiqot stipendiyasi |
| 3 | 1997-yil | Karbongidratlar kimyosi boʻyicha Horace S. Isbell mukofoti |
| 4 | 1998-yil | Glaxo Wellcome Scholarsʼ mukofoti |
| 5 | 1998-yil | Bekman yosh tergovchilar mukofoti |
| 6 | 1999-yil | Amerika Kimyo Jamiyatining Artur C. Cope Scholar mukofoti[ |
| 7 | 1999-yil | Camille Dreyfus olim-oʻqituvchi mukofoti |
| 8 | 1999-yil | MacArhtur stipendiyasi |
| 9 | 2000-yil | Ilm-fan va muhandislik boʻyicha Prezidentning mukofoti |
| 10 | 2000-yil | Merck Akademik rivojlanish dasturi mukofoti |
| 11 | 2001-yil | UC Berkeley taniqli oʻqituvchi mukofoti |
| 12 | 2001-yil | Kimyo boʻyicha ACS mukofoti |
| 13 | 2001-yil | Donald Sterling Noys mukofoti |
| 14 | 2002-yil | Amerika fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi aʼzosi |
| 15 | 2002-yil | Proteinlar jamiyatining Irving Sigal yosh tadqiqotchi mukofoti |
| 16 | 2003-yil | Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi |
| 17 | 2004-yil | Sigma Pi Agnes Fay Morgan tadqiqot mukofoti |
| 18 | 2005-yil | Leyden Mukofoti |
| 19 | 2005-yil | Milliy fanlar akademiyasining aʼzosi |
| 20 | 2007-yil | Ernst Shering mukofoti |
| 21 | 2008-yil | Li Ka Shing ilm-fan sohasidagi ayollar mukofoti |
| 22 | 2008-yil | Uglevodlar kimyosi boʻyicha Roy L. Whistler xalqaro mukofoti |
| 23 | 2008-yil | Leopoldin Germaniya Fanlar akademiyasining aʼzosi |
| 24 | 2008-yil | Willard Gibbs mukofoti |
| 25 | 2008-yil | Wilyam H. Nichols medali |
| 26 | 2009-yil | Harrison Howe mukofoti |
| 27 | 2009-yil | Albert Xofman medali |
| 28 | 2010-yil | Lemelson-MIT mukofoti |
| 29 | 2010-yil | Qirollik kimyo jamiyati mukofoti |
| 30 | 2011-yil | Tibbiyot instituti aʼzosi |
| 31 | 2011-yil | Bioorganik va dorivor kimyo boʻyicha mukofoti |
| 32 | 2012-yil | Brown universitetining faxriy fan doktori |
| 33 | 2012-yil | Heinrich Wieland mukofoti |
| 34 | 2013-yil | Milliy ixtirochilar akademiyasining aʼzosi |
| 35 | 2013-yil | Hans Bloemendal mukofoti |
| 36 | 2015-yil | UCSF 150-yillik bitiruvchilari uchun Excellence mukofoti |
| 37 | 2017-yil | Arthur C. Cope mukofoti |
| 38 | 2018-yil | Qirollik jamiyatining xorijiy aʼzosi |
| 39 | 2020-yil | Ilm-fan taraqqiyoti uchun John J. Carty mukofoti |
| 40 | 2020-yil | Kimyo kelajak uchun Solvay mukofoti |
| 41 | 2020-yil | Kimyoviy tadqiqotlardagi ishtiroki uchun F.A. medali |
| 42 | 2022-yil | Kimyo boʻyicha Wolf mukofoti |
| 43 | 2022-yil | Kimyo boʻyicha Welch mukofoti |
| 44 | 2022-yil | Biokimyo va biofizika boʻyicha doktor H. P. Heineken mukofoti |
| 45 | 2022-yil | Utrext universitetining Bijvoet biomolekulyar tadqiqotlar markazining Bijvoet medali |
| 46 | 2022-yil | Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti |
Chop etgan nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mahal L. K., Yarema K. J., Bertozzi C. R. Engineering Chemical Reactivity on Cell Surfaces Through Oligosaccharide Biosynthesis // Science. — 1997. — Т. 276, № 5315. — С. 1125–1128. — DOI:10.1126/science.276.5315.1125.
- Saxon E., Bertozzi C. R. Cell Surface Engineering by a Modified Staudinger Reaction // Science. — 2000. — Т. 287, № 5460. — С. 2007–2010. — DOI:10.1126/science.287.5460.2007.
- Bertozzi C. R., Kiessling L. L. Chemical Glycobiology // Science. — 2001. — Т. 291, № 5512. — С. 2357–2364. — DOI:10.1126/science.1059820.
- Prescher J. A.; Bertozzi C. R. Chemistry in living systems // Nature Chemical Biology. — 2005. — Т. 1, № 1. — С. 13–21. — DOI:10.1038/nchembio0605-13.
- Wang P. G., Bertozzi C. R.. Glycochemistry: Principles, Synthesis, and Applications. New York: Marcel Dekker, 2001. ISBN 978-0-8247-0538-1.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ Александр Воронов. „Химики накликали Нобелевку“. «Коммерсантъ» (2022-yil 5-oktyabr).
- ↑ „Carolyn Bertozzi to join ChEM-H, department of chemistry“. 2015-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.
- ↑ „List of Members“. 2017-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-oktyabr.
- ↑ William Bertozzi '53 PhD '58
- ↑ Nekrolog v The Boston Globe, October 18, 2021
- ↑ Notable Women in Mathematics: A Biographical Dictionary. Edited by Charlene Morrow, Teri Perl. Greenwood Press, 1998; P. 7
- ↑ %2Fs3%2Faws4_request&X-Amz-Date=20221005T205651Z&X-Amz-Expires=172800&X-Amz-SignedHeaders=host&response-content-disposition=attachment%3B%20filename%3D „bertozzi_c_0529_updated_full_78gyxhr.pdf“%3B%20filename%2A%3DUTF-8 %27%27bertozzi_c_0529_updated_full_78gyxhr.pdf&response-content-type=application%2Fpdf&X-Amz-Signature=64f5bddedb6d9433bc3567a0cfbcb8936675e1040e04b1817e2727b90f66f14a Carolyn R. Bertozzi. The Pew Scholars Program in the Biomedical Sciences. Transcript of an Interview Conducted by Andrea R. Maestrejuan[sayt ishlamaydi]
- ↑ Davis T. Profile of Carolyn Bertozzi(ingl.) // Prot. Natl. Acad. Sci. USA. — 2010. — Vol. 107, no. 7. — P. 2737–2739. — DOI:10.1073/pnas.0914469107.