Henry Taube

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Henry Taube
Tavalludi 30-noyabr 1915
Saskatun, Kanada
Vafoti 16-noyabr 2005
Palo-Alto, AQSh
Sohasi Kimyo
Alma mater Kaliforniya universiteti, Berkli
Mashhur sovrinlari Nobel mukofoti

Henry Taube (1915.30.11, Saskatun, Kanada — 2005.16.11 Palo-Alto) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (1959). Amerika fan va sanʼat akademiyasi aʼzosi (1961). Stanford universitet professor (1962 yildan). Asosiy ilmiy ishlari elektronlar koʻchishi reaksiyalari tadqiqotiga oid. Ilk bor (1940 yil oxirlarida) suvdagi eritmada solvatlangan kation mavjudligini (3 valentli xrom ioni misolida) isbotlagan. Kompleks birikmalarning suvdagi eritmalari beqarorligi bilan ularning elektron tuzilishi orasidagi bogʻliqlikni aniklagan (1952). Molekulyar azot ruteniy kompleksining suvdagi eritmasi koordinatsiyasida bir molekula suvning oʻrnini egallashi mumkinligini isbot qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1983)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil