Jaroslav Heyrovský

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jaroslav Heyrovský (1890.29.12 - Praga - 1967.27.3) - chex kimyogari. Chexoslovakiya FA aʼzosi (1952 yildan). Praga universiteti prof. (1922 yildan), Praga fizika-kimyo instituti, Praga Davlat polyarografiya instituti direktori (1950 yildan), 1964 yildan mazkur institut uning nomi bilan atalgan. Tadqiqotlarning polyarografik usuli asoschisi. Yapon olimi M. Shikata bilan hamkorlikda analitik kimyo uchun birinchi polyarograf yasagan. Nobel mukofoti laureati (1959)[1][2].

Manbalar[tahrir]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil