Richard Laurence Millington Synge

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Richard Laurence Millington Synge (1914.28.10, Liverpul – 1994.18.8, Norwich), ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1950-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1936). 1941–43 yillarda jun sanoati birlashmasida, 1943-yildan Londondagi Listerov institutida, 1948-yildan Aberdindagi Rouet ilmiy tadqiqot institutida, 1967–76 yillarda Norvichdagi Oziq-ovqat institutida ishlagan. Ilmiy ishlari biologik muhim birikmalarni ajratib olish va narchalash jarayonlarini oʻrganishga, oqsillar analitik kimyosiga oid. A. J. Martin bilan hamkorlikda yangi oqsillar va antibiotiklarni oʻrganishda analitik maqsadda qoʻllanadigan qogʻozdagi xromatografiya usulini ishlab chikdi (1944). Turli polisaharidlar, elektrokinetik ultrafiltrlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazdi (1946–50). Nobel mukofoti laureati (1952, A. J. Martin bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild.