Theodor Svedberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Svedberg Teodor (1884.30.8, Valbo — 1971.26.2) — shved fizik kimyogari. Shved Kirollik FA aʼzosi (1934). Upsala universitetini tugatgan (1907). 1921 yildan prof. Upsaldagi Yadro kimyosi instituti direktori (1949 yildan). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kolloid kimyo, molekulalarning oʻlchamlari va shakllarini aniqlash hamda elektroforezga oid. S. molekulalarning mavjudligini va zamonaviy molekulyarkinetik tasavvurlarni asoslab bergan (1907). Eritmalardan kollond zarrachalarni ajratib olishning ultratsentrifugalash usulini kashf etgan (1919) va yuqori dispers zollarni tekshirish uchun ultratsentrifugalar yasagan (1923). Nobel mukofoti laureati (1926).[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari