Hermann Emil Fischer
Hermann Emil Fischer | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
9-oktabr 1852 Eyskirxen |
Vafoti |
15-iyul 1919 Berlin |
Vatani | Germaniya |
Sohasi | Kimyo |
Alma mater |
Bonn universiteti Strasburg universiteti |
Mashhur sovrinlari | Nobel mukofoti |
Hermann Emil Fischer (1852.9.10, Eyskirxen — 1919.15.7, Berlin) — nemis organik kimyogari. Strasburg universitetini tugatgan (1874). Myunxen (1879 yildan), Erlanger (1882 yildan), Vyursburg (1885 yildan), Berlin (1892—1919) universitetlari professor Ilmiy ishlari uglevodorodlar, oqsillar, purin birikmalari kimyosiga oid. Purinning fiziologik faol hosilalaridan — kofein, teobromin, ksantin, gipoksantin, teofillin, guanin va adeninni (1897), siydik kislota (1899), shuningdek, purinni (1898) sintez qilgan. Qandlar (1887 yildan), mannoza, fruktoza va glyukoza (1890) sintezini amalga oshirgan. Koʻpgina oqsillarning parchalanish mahsulotlarida valin (1901), prolin va oksiprolin (1902) mavjudligini ochgan, polipeptidlar sinteziga asos solgan va ilk bor sof dipeptid olgan (1902). Nobel mukofoti laureata (1902)[1][2].
Manbalar[tahrir]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |