Aziz Sancar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Aziz Sanjar (turkcha: Aziz Sancar, 1946-yil 8-sentyabr, Savur, Mardin, Turkiya) — turk olimi, amerikalik biokimyogar. 2015-yilda u kimyo boʻyicha Nobel mukofotini Tomas Lindal va Pol Modrich bilan birgalikda „DNKni taʼmirlash mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlari uchun“ [1] oldi.

AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (2005)[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U kambagʻal oilada sakkiz farzandning yettinchisi boʻlib tugʻilgan (ota-onasi maʼlumotsiz edi, lekin barcha bolalar oʻqigan)[3]. Uning katta akasi Kenan Sanjar Turkiya qurolli kuchlarining nafaqadagi brigada generali, amakivachchasi Mithat Sanjar esa turkiyalik huquq professori va kurdparast Xalq demokratik partiyasi deputati[4].

Istanbul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1969). 1971-yilda AQShga koʻchib oʻtdi[5]. Dallasdagi Texas universitetida molekulyar biologiya boʻyicha magistratura va aspiranturani tamomlagan (MS, 1975; Ph.D., 1977)[6]. 1977-1982-yillarda Yel universitetida postdoktor ilmiy xodim bo‘lgan. 1982-yildan — Shimoliy Karolinadagi Chapel Hill universitetida (1988-yildan professor) faoliyat yuritgan.

Xotini: biokimyogar Gven Sanjar (Boulz, inglizcha: Esta Gwendolyn Boles Sancar) [7] ham Dallasdagi Texas universiteti bitiruvchisi va Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti professori[8][9][10].

Aziz Sanjar 2018 yilda Oʻzbekistonga kelgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi (2021-yil 10-sentabr) — Ozarbayjon Respublikasining xalqaro gumanitar aloqalarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun [11] .
  • Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti (2015).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nobel qoʻmitasi veb-saytida maʼlumot(ingl.) )