Sidney Altman
Sidney Altman | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
8-may 1939-yil Monreal, Kanada |
Vatani | Amerikalik |
Sohasi | Molekulyar biologiya |
Alma mater |
Massachusetts texnologiya instituti Kolorado universiteti |
Mashhur sovrinlari |
Nobel mukofoti Lomonosov Oltin medali |
Sidney Altman (1939.8.5, Monreal) – amerikalik kimyogar. Kolorado universiteti falsafa doktori, Yel universiteti professor (1971). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. 1970-yillarning oʻrtalarida ichak tayoqchasida gayrioddiy ferment topib, unga ribonukleaza yoki (RNKaza) R deb nom bergan. Keyinchalik bu fermentning nafaqat bakteriyalarda, balki hayvon tuqimalarida ham mavjudligini aniklagan. Ribonukleaza RNK va oqsil komponentlaridan tashkil topganligini, ularni ajratish va qayta biriktirish mumkinligini, RNK dan ajratib olingan oqsil komponentlari fermentativ faollikka ega emasligini isbot qildi. RNK fragmentlari ayni vaqtgacha faqat oqsil fermentlarga taallukli deb hisoblangan, barcha klassik-katalitik xossalarga ega boʻlgan yangi riobizm kashf etdi (1983). Nobel mukofoti laureati (1989, R. Chek bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |