Eduard Buchner
Jump to navigation
Jump to search
Eduard Buchner (1860.20.5, Myunxen — 1917.13.8, Fokshani, Ruminiya) — nemis kimyogari, Kil, Tyubingen, Breslavl, Vyursburg universitetlari professor (1893—1911). 1889 yilda pirazolni kashf etgan. 1897 yilda achish jarayonini faqat zamburug‘lar ishtirokida emas, balki ulardan ajratib olingan fermentlar yordamida ham amalga oshirish mumkinligini aniqlagan. Shu asosda keyinchalik boshqa mikroorganizmlardan sut kislotali, shuningdek sirka kislotali bijg‘ishni keltirib chiqaradigan shira olishga muvaffaq bo‘lindi. Nobel mukofoti laureati (1907)[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |