Geoffrey Wilkinson
Uilkinson Jefri (14-iyul 1921, Todmordon – 26-sentabr 1996, London) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1965-yildan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya—AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya universitetida (1946—50), Massachusets texnologiya institutida (1950—51), Garvard universitetida (1951—55) ishlagan, London universiteti professpr (1956 yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, Ernst Fischer bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |