Taxtakoʻpir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taxtakoʻpir
shahar
Small race in Takhtakupir.jpg
43°01′21″N 60°17′19″E / 43.02250°N 60.28861°E / 43.02250; 60.28861 G OKoordinatalari: 43°01′21″N 60°17′19″E / 43.02250°N 60.28861°E / 43.02250; 60.28861 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qoraqalpogʻiston
tuman Taxtakoʻpir tumani
Aholisi
17 110
Vaqt mintaqasi UTC+5
Taxtakoʻpir xaritada
Red pog.png
Taxtakoʻpir xaritada
Red pog.png

Taxtakoʻpir — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumanidagi shaharcha (1984-yildan). Tuman markazi, Nukus shahridan 107 km. narida. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Chimboy (55 km). Aholisi 17,1 ming kishi (2004). Xoʻjaliklari Quvonchyorma kanalidan suv oladi. "Taxtakoʻpir" atamasining kelib chiqishini 20-asrning boshlarida Quvonchyorma kanalining davomi boʻlgan Bosay kanali ustida hashar yoʻli bilan taxta (yogʻoch)dan qurilgan koʻprik (shevada "koʻpir") bilan bogʻlaydilar.

T.da tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy, davlat va qurilish tashkilotlari, "Taxtakoʻpirdon" aksiyadorlik jamiyati, avtokorxona, taʼmirlash ustaxonasi, MTP, "Taxtaqishloqmash" (Qozogʻiston bilan) qoʻshma korxonasi, supermarket, avtovokzal mavjud. 6 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, 2 kasbhunar kolleji, kutubxona, madaniyat saroyi, "Otalar choyxonasi", savdo markazi, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Tennis korti, stadion, sport klubi bor. "Doridarmon" aksiyadorlik jamiyati, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 3 poliklinika, ayollar konsultatsiyasi, 7 dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. T. — Nukus yoʻnalishida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.