Samolyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasining „Airbus A320“ samolyoti, zamonaviy havo layneri.

Samolyot yoki uchoqatmosferada parvoz qilish uchun moʻljallangan, dvigatelli, qoʻzgʻalmas qanotli havo apparati. „Tayyora“ atamasi arabcha tayr – „qush“ soʻzidan olingandir. „Aeroplan“ atamasi samolyotning eskirgan nomidir[1]. Samolyotlar har xil o'lcham va shaklda bo'lishlari mumkin. Ulardan asosan yuk va odamlarni tashish, harbiy sabablar va tadqiqotlar o'tkazishda foydalaniladi. Dunyo bo'ylab havo orqali tijorat qilish har yili avialaynerlarda  to'rt milliarddan ortiq yo'lovchini tashiydi va yiliga 200 milliard tonna - kilometr  dan ortiq yuklarni biror joydan boshqa yerga o'tkazadi, bu esa jahon yuk tashish xizmati bajaradigan ishning 1% dan kamrog'ini tashkil etadi.  Aksariyat samolyotlarni bortdagi uchuvchi qo'lda boshqaradi, biroq hozirgi kunda zamonaviylashgan va robotlashtirilgan samolyotlarni bortda bo'lmasdan turib, markazning o'zidan kompyuter va boshqa texnologiyalar yordamida boshqarish mumkin. Bunga eng oddiy va bizga eng tanish misol bu dronlardir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.