Asfalt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Asfalt zavodi

Asfalt — bog‘lovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral to‘ldirgich qo‘shib tayyorlanadi. A.ning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sun’-iy xillari bor. Tabiiy A. neftdan, gi-pergeneza (atmosfera) ta’sirida yengil fraksiyalarning bug‘lanishi va oksidla-nishi natijasida hosil bo‘ladi. Sun’iy A., asosan, 13—60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. A. gidroizolyatsiya materi-ali sifatida, pol va yo‘llarga yotqizish, qoplamalar to‘shash uchun qum, shag‘al, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil