Avtomagistral
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Avtomagistral (avto... va lot. magistralus – bosh, asosiy) –oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yoʻli. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doira-sidagi transport qatnoviga moslangan katta yoʻl. Toshkent halqa yoʻli, Toshkent – Samarqand avtomobil yoʻli A. dir (qarang Avtomobil yoʻli). A.larda harakat qatori toʻrttadan kam boʻlmaydi. Kesi-shuvchi A.lar maxsus koʻpriklar va ay-lanma yoʻllar vositasida baland-past qilib oʻtkaziladi. A.larda yonilgʻi quyish stansiyalari, avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazadigan va kichik ta’mirlash manzillari boʻladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |