Tomsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomsk viloyati - RF tarkibidagi viloyat. 1944 y. 13 avgustda tashkil etilgan. Mayd. 316,9 ming km². Aholisi 1046 ming kishi (2002). Asosan, ruslar (88,2%), shuningdek, ukrain, tatar, nemis, belorus, chuvash, shimol xalklari (shu jumladan, selkup, xanti va b.) yashaydi. Shahar aholisi 68,4%. Tarkibiga 16 maʼmuriy tuman, 6 shahar, 1 shaharcha kiradi. Markazi — Tomsk sh. Boshka yirik shaharlari: Strejevoy, Asino.

T.v. Gʻarbiy Sibirning jan.sharqida, Ob daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Hududining asosiy qismini Gʻarbiy Sibir tekisligining yassi, kuchli botqoqlashgan hududlari egallagan. Faqatgina, jan.sharkda viloyat hududiga Kuznetsk Olatovining (bal. 211 m gacha) shim. tarmoklari kirib borgan. Shim.dan 58° shu kabida relyefining muzlik shakllari — morena qator tepalari, koʻl—muzlik botiqlari va b. joylashgan. Ob daryosining keng vodiysi viloyat hududini botqoqlashgan Vasyuganye tekisligi va sal koʻtarilgan oʻng sohilga boʻladi. Foydali qazilmalardan temir rudasi, neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir, qurilish materiallari konlari va b. topilgan. Torf, yer osti suvlari va issiq mineral suvlari zaxiralari koʻp.

Iqlimi kontinental. Qishi qattiq va davomli. Yanv.ning oʻrtacha trasi — 19° dan —21° gacha. Yozi iliq, qisqa. Iyulning oʻrtacha trasi 17—18°. Yillik yogʻin 450—770 mm. Vegetatsiya davri 125 kunga yaqin. Asosiy suv tarmoqlari — Ob daryosi va uning irmoklari (Tom, Chulim, Ket, Tim, Chaya, Parabel, Vasyugan). Koʻl koʻp. T.v. oʻrta va jan. tayga va qisman aralash oʻrmonlar zonasida joylashgan.

Tuproqlari, asosan, chimlipodzol va torflibotqoq, jan.sharqida boʻzoʻrmon tuproq. Oʻrmonlar (sibir kedri, oqqaragʻay, qaragʻay, qayin, togʻterak) viloyat hududining 54% ni egallaydi. Boʻri, silovsin, tulki, shimol bugʻusi, los, yelik, burunduq, olaxurjun yashaydi. Tiyin, sobol, ondatra ovlanadi.

Xoʻjaligining yetakchi sanoat tarmoklari—mashinasozlik va metallsozlik. Priborlar, elektrotexnika asboblari ("Sibelektromotor"), podshipniklar ("RolTom"), konchilik asbob uskunalari ("Tomskiy instrument"), ("Sibkabel") ishlab chiqariladi. Neft qazib olinadi, kimyo ("Nefteximicheskiy kombinat", "Polipropilen" va "Zavod rezinovoy obuvi"), oʻrmon va yogʻochsozlik ("Tomsklesprom", qalam fkasi) korxonalari bor. Oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Tomsk, Asino, Kolpashevo, Strejevoy; Samus shaharchasi.

Bugʻdoy, arpa, kartoshka, sabzavot, zigʻir, yemxashak ekinlari ekiladi. Chorvachilik (qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki), parrandachilik rivojlangan. Baliqchilik, moʻynali hayvonlarni ovlash va darrandachilik bilan ham shugʻullaniladi. Asosiy transport vositalari suv va avtomobil transporti. Ob, Tom, Chulim, Ket, Chaya, Parabel, Vasyugan daryolarida kema katnaydi. T.y. uzunligi 346 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 3,4 ming km. Havo transporti rivojlangan. 1 xalqaro va 6 mahalliy ahamiyatdagi aeroportlar mavjud. 6 oliy oʻquv yurti, 2 muzey, 2 teatr bor. 20 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi faoliyat koʻrsatadi.