Krasnodar oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of Russia.svg Krasnodar oʻlkasi
Краснода́рский край
Flag of Russia.svg
Bayrog'i Abrantish
Bayrog'i Gerbi

Map of Russia - Krasnodar Krai (2008-03).svg

Mamlakat Rossiya
Markazi Krasnodar
Maydoni
  • barchasi
Rossiyada 41-o'rinda
  • 75 485 km²
Aholisi Rossiyada 3-o'rinda

5 281 164 kishi

  • 69,3 kishi/km²
YaIM
  • barchasi
  • jon boshiga
Rossiyada 7 o'rinda
Federal okrug Janubiy
Iqtisodiy tumani Simoliy-Kavkaz
Gubernatori Aleksandr Nikolayevich Tkachev
RF sub'ektining kodi 23, 93, 123
Vaqt mintaqasi MSK (UTC+4)

Krasnodar oʻlkasi (ruscha: Краснода́рский край) - Rossiyadagi o'lka. Krasnodar oʻlkasi - RF tarkibida. Rossiya Yevropa qismining jan.da joylashgan. Shim. Kavkaz iqtisodiy r-niga kiradi. 1937 yil 13 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 760 ming km². Aholisi 5074,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, arman va boshqa yashaydi. Shaharliklar 54%. 38 maʼmuriy tuman, 26 sha\ar, 23 shaharcha mavjud. Markazi — Krasnodar shahri Qora dengiz va Azov dengiziga tutash. Krasnodar oʻlkasi Kavkazning gʻarbida joylashgan. Yer yuzasining shim. qismi tekislik, jan. — togʻlik (Katta Kavkaz togʻlari bilan band). Foydali qazilmalari: neft, tabiiy gaz, temir rudasi, kinovar, qurilish materiallari, mineral va issiq buloqlar, davolash balchiqlari (Matsesta, Goryachiy Klyuch v b.). Iqlimi tekislikda moʻʼtadil, Qora dengiz sohilida subtropik iqlim, togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislikda yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —4° dan Qora dengiz soqilida 5° gacha, iyulniki 22—24°. Yiliga Sochi shahri atrofida 400 mm dan Krasvaya Polyava shaharchasida 3200 mm gacha yogʻin toʻshadi. Tuprogʻi tekislikda, asosan, qoratuproq. Kuban daryosi etaqlarida allyuvial tuproqlar, Qora dengiz sohillari boʻylab sariq tuproqlar tarqalgan. Oʻlka hududining 22% oʻrmon. Asosiy daryosi — Kuban. Mayda koʻl koʻp. Kavkaz qoʻriqxonasi, Sochi milliy parki bor. Oziq-ovqat (meva-sabzavot konserva, yogʻmoy, shakarqand, sut, goʻsht va boshqalar), mashinasozlik va metallsozlik (priborlar, stanoklar, kompressorlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqalar), yoqilgʻi (neft qazib olinadi va qayta ishlanadi), kimyo va neft kimyosi, yengil, yogʻochsozlik, sement sanoati korxonalari bor.

Rossiyaning muhim qishloq xoʻjaligi r-ni. Krasnodar oʻlkasining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Bugʻdoy, sholi, makkajoʻxori, kungaboqar, qand lavlagi, tamaki, efir moyli ekinlar ekiladi. Sabzavotchilik va polizchilik, mevachilik va tokchilik bilan shugʻullaniladi. Qora dengiz sohilida choy, sitrus mevalar ekiladi. Chorvachiligi goʻsht va sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. Parrandachilik, baliqchilik, darrandachilik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻlka hududini temir yoʻl kesib oʻtgan. Dengiz portlari: Novorossiysk, Tuapse va boshqa Kuban daryosida kema qatvaydi. Krasnodar oʻlkasida Sochi, Anapa, Gelenjik, Yeysk, Goryachiy Klyuch kurortlari, Tuapse kurort zovasi joylashgan.[1]

Tarixi[tahrir]

Geografiyasi[tahrir]

Aholisi[tahrir]

Hududiy bo'linishi[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil