Gʻarbiy Sibir tekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gʻarbiy sibir tekisligi (pasttekisligi) — Yer sharidagi yirik akkumulyativ tekisliklardan biri. Qozogʻiston past togʻlari tekisligi va Oltoy togʻlaridan shim.da va gʻarbda Ural togʻlari, sharqda Oʻrta Sibir yassitogʻligi orasida joylashgan. Shim. dan janubga 2500 km, gʻarbdan sharqqa 1000–1900 km ga choʻzilgan, maydoni 3 mln. km2ga yaqin. Yer yuzasi tekislik. Balandligi 50–150 m dan (shim. va markaziy qismida) 300 m gacha (gʻarbi, jan. va sharqida). Yer yuzasi tekislik. Gʻ.Gʻarbiy Sibir tekisligi gersin burmalanishi davrida hosil boʻlgan. Zamini paleozoy yotqi-ziqlaridan tuzilgan boʻlib, ularning usti dengiz va quruqlik mezokayno-zoy jinslari (gil, qumtosh, mer-gel) bilan qoplangan. Eng yosh, antropogen yotqiziqlari jan.da allyuvial va koʻl yotqiziqlari, shim.da muzlik, dengiz va muzlik-dengiz yotqiziqlaridan iborat. Boʻsh qatlamlarda chuchuk va minerallashgan yer osti suvlari (jumladan, namakoblar), shuningdek, qaynoq sushgar (100—150° gacha) bor. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gazning katta konlari topilgan.

Iqlimi kontinental, sovuq. Oʻrtacha yillik temperaturalar shim.da —10,5% jan.da 1—2°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da —28°, jan.da —16°, iyulniki shim.da 4°, jan.da 22°. Vegetatsiya davri chekka jan.da 175—180 kun. Yillik yogʻin tundra va dasht zonalarida 200–250 mm, oʻrmon zonasida 500–600 mm. Tekislik hududidan umumiy uz. 250 ming km dan ortiq 2000 daryo oqib oʻtadi. Eng yiriklari — Ob, Yenisey, Irtish. Tekislikning shim. tundra zonasi boʻlib, tun-dra arktika va gleyli tundra tuproqlarida arktika oʻsimliklaridan yoʻsin va lishaynik oʻsadi, jan.ni esa butazor tundra qoplagan. Jan.-rokda oʻrmonli tundra mintaqasi boʻlib, torf-gleyli, gleylipodzol va botqoq tuproqtarda butazor tundra, qrraqaragay-tilogʻoch va botqoq oʻsimliklari oʻsadi. Gʻ.Gʻarbiy Sibir tekisligining kattagina qismi oʻrmon (oʻrmon-botqoq) zonasiga mansub. Podzol tuproqlarda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, kedr, qaragʻay, sibir tilogʻochi oʻsadi. Qoʻgngʻir ayiq. silovsin, rosomaxa, suvsar, qun-duz, kolonok, sobol, los, sibir yeligi, burunduq, ondatra yashaydi.