Saxalin viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saxalin viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 20 oktabrda tashkil qilingan. Rossiyaning eng chekka sharqiy qismida joylashgan. Tarkibiga Saxalin orol, Kuril, Moneron va Tyuleniy orollari kiradi. Oxota va Yapon dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 87,1 ming km². Aholisi 546,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (81,6%), shuningdek, ukrain, koreys, belorus, tatar, mordva; shimol xalqlari – nivx, oroch, evenk va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 85,7%. Markazi – Yujno Saxalinsk shahri. Boshqa yirik shaharlari: Xolmsk, Korsakov. Viloyat tarkibida 17 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 31 shaharcha bor.

Hududining katta qismini Saxalin orol egallaydi. Aniva, Terpeniye qoʻltiklari, Shmidt, Terpeniye, ToninoAniva, Krilin orollari bor. Soxil boʻylab Gʻarbiy Saxalin togʻlari (bal. 1330 m gacha, Onar togʻi) va Sharqiy Saxalin togʻlari (eng baland joyi Lopatin togʻi, 1609 m), shimolida Shimoliy Saxalin togʻlari joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, toshkoʻmir, oltin va boshqa bor. Iklimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –6° dan (janubida) –24° gacha (shimolida), avgustniki 19° dan (janda) 10° gacha (shimda). Togʻlarda yiliga 1200 mm gacha yopsh tushadi (tekisliklarda 600 mm gacha). Asosiy daryolari – Tim va Poronay. Koʻl va botqrkdik koʻp. Tuproklari podzol, botqoq va allyuvial tuproqyaar. Togʻlarda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tosh qayin, kedr, tilogoch oʻsadi, shuningdek (janubi-gʻarbida), lianali keng bargli oʻrmonlar (aktinidiya, limonnik, uzum) uchraydi. Hayvonlardan ayiq, tulki, rosomaxa, Sibir suvsari, olmaxon, burunduq, shimoliy bugʻusi; qushlardan kayra, toporka, qoravoylar va boshqa mavjud. Dengiz hayvonlaridan sivuch, dengaz mushugi; daryolarda losos baligʻi bor. Poronay qoʻriqxonasi tashkil qilingan (Saxalin viloyati tarixi haqida Saxalin, Kuril orollari maqolalariga qarang).

Sanoatining yetakchi tarmogʻi – baliq va dengiz hayvonlarini ovlash va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash. Oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Kumir ("Saxalinugol"), neft va gaz qazib olinadi. Saxalin issiqlik elektr stansiyasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: YujnoSaxalinsk, Korsakov, Nevelsk, Xolmsk, Oxa, Uglegorsk, Shaxtyorsk shahlari, Nogliki shaharchasi.

Saxalin viloyatida kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik, darrandachilik; shimolida bugʻuchilik rivojlangan. Dengiz portlari: Korsakov, Xolmsk, Nevelsk, Uglegorsk, Poronaysk, Aleksandrsk, Saxalinsk va boshqa Transport yoʻli uzunligi 957 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1813 km (2002). Pedagogika instituti, drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Sinegorsk mineral suvi (YujnoSaxalinsk shahrida), Goryachiy Plyaj (Kunashir orolda) kurortlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil