Chulim
Jump to navigation
Jump to search
Chulim — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 1799 km, havzasining maydoni 134 ming km². Kuznetsk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m³/sek. Okt.— noyabr
da muzlab, aprel— mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug , Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Ch. boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino shaharlari joylashgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |