Tayga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Tayga — mo‘tadil mintaqaning igna bargli daraxtlardan iborat oʻrmonlari. Yevrosiyo, Shimoliy Amerikada katta maydonlarni egallagan. T.da daraxt turlari koʻp emas, oʻrmon manzarasi deyarli bir xil. Toʻshama oʻsimliklari kam. Yer yuzasi yashil yoʻsinlar bilan qoplangan. Tuprogʻi kulrang. T. daraxt turlariga qarab, yorugʻ T. oʻrmonlari va qorongʻi T. oʻrmonlariga boʻlinadi. Yorugʻ T. oʻrmonlarida qaragʻay, tilogʻoch, qorongʻi T.da qora qaragʻay, oq qaragʻay, kedr o‘sadi. Qishi qattiq sovuq, yozda esa 10—20° atrofida boʻladi, yogʻin miqdori 300–600 mm, botqoqliklar bor. T. boshqa maʼnolarda ham qoʻllaniladi: Sharqiy Sibirda bepoyon kimsasiz qalin oʻrmonlar, Oltoyda oʻrmon bilan qoplangan togʻlar, Tuvada yalangʻoch togʻ, Mangoliyada hayvonlar koʻp boʻlgan qalin oʻrmonlar tushuniladi.