Yogʻinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yogʻinlar — 1) atmosfera (bulutlar yoki havo)dan Yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yo. bulutlardan yomgʻir, qor, doʻl va muz zarralari koʻrinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yogʻin miqsori tushgan Yo.ning holatidagi qatlami qalinligini (mm) oʻlchab aniqlanadi. Yo. jadalligi maʼlum vaqt (sutka, soat va b.) ichida tushgan Yo. miqdori bilan belgilanadi. Yo. miqdori meteorologiya st-yalarida maxsus asboblar — yogʻin oʻlchagichlar, plyuviograflar yordamida, qor qoplamining qalinligi maxsus oʻlchash reykasi bn; zichligi zichlik oʻlchagich bilan oʻlchanadi. Har bir joy bir kunlik, oʻn kunlik, oylik, yillik va oʻrtacha koʻp yillik Yo. miqdori — Yo. yigʻindisi hisoblab chiqiladi. Joyning geografik kengligiga, dengiz va okeanlardan uzoqyaqinligiga, shamol yoʻnalishiga va joyning relyefiga qarab, yer yuzining turli joylarida Yo. miqdori har xil boʻladi. Tropiklarda yiliga 1000 mm dan ortiq, hatto 12000 mm gacha (mas, Hindistonda), moʻʼtadil kengliklarda 250 mm dan 1000 mm gacha, choʻllar va yuqori kengliklarda 250 mm dan kam (mas, Misrda) Yo. tushadi. Umuman Yer yuziga tushadigan bir yillik Yo. miqdori oʻrta hisobda 1000 mm (50 ming km3 dan koʻproq suv)ni tashkil etadi. Oʻzbekiston hududida yillik yogʻin miqdori 80– 90 mm dan 1000 mm gacha yetadi. Yo. tarkibida suvdan tashqari chang zarralari, mikroorganizmlar, shuningdek, radioaktiv elementlarning parchalanishidan hosil boʻladigan mahsulotlar ham boʻladi. Yo. radioaktivligi oʻrta hisobda har bir gramm yogʻin 10~" — 10~12 kyuri. Momaqaldiroq paytida yogʻayotgan Yo.ning radioaktivligi boshqa vaqtdagi Yo.nikiga nisbatan koʻproq boʻladi; 2) sunʼiy Yo. — oʻta sovigan bulutlarga maxsus kimyoviy modda (reagent)lar taʼsir ettirib, sunʼiy muz kristallari hosil qilish natijasida ulardan tushadigan Yo. Kimyoviy moddalar bulutlarga samolyotlardan yoki yerdagi maxsus qurilmalar yordamida sochiladi. Bu usul yogʻingarchilik juda kam boʻlgan mintaqalarda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil