Morena
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Morena (fransuzcha: moraine) — muzliklar erib chekingandan keyin qolgan togʻ jinslari uyumi. Gʻoʻlatoshlar, palaxsa toshlar, shagʻal, gil, qum shaklida boʻladi. Muzliklar siljiydigan (harakatdagi) va yotqizilgan (qoʻzgʻalmas)larga boʻlinadi. Siljiydigan muzliklar togʻmuzliklarida hosil boʻladi. Ular ustki, ichki va quyi muzliklarga boʻlinadi. Ustki muzlik chaqiq jinslardan hosil boʻladi. Ichki muzlik muz qatlami orasida yotadi. Ustki va ichki muzliklar muz qoplamlari uchun xos emas. Quyi Mumuzlik togʻ muzliklari, shuningdek, muz qoplamlarida uchraydi. Siljiydigan muzlik muzlik bilan birga harakat qiladi. Yotqizilgan muzlik muzlik erigandan keyin parchalangan jinslardan hosil boʻladi va muzlik marzalari va tag muzlikga, ular esa, oʻz navbatida, boʻylama, chekka qirgʻoq muzliklari va boshqalarga boʻlinadi. Togʻli oʻlkalarda yotqizilgan. Muzlik mayda jinslar, tuproq aralashgan harsang toshlar holida uchraydi. Muzliklarni oʻrganish ular bilan bogʻliq boʻlgan konlarni topish va muzlik boʻlgan joylarni aniqlashda ahamiyatga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |