Oliy oʻquv yurtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oliy oʻquv yurtlari - xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning turli tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlab berishga yoʻnaltirilgan oʻquv muassasalari. Ularda boʻlajak mutaxassislarga oliy taʼlim berishdan tashqari, nazariy va amaliy yoʻnalishdagi ilmiy ishlar ham olib boriladi, oliy va oʻrta maxsus maktablarning professor-oʻqituvchilari, tegishli yoʻnalishdagi ishlab chiqarish va madaniyat sohalarining mutaxassislari malaka oshiradilar. O.oʻ.yu.ga universitetlar, tarmoq (texnika, tibbiyot, ped., madaniyat, iqtisod va boshqalar) institutlari, oliy harbiy yoki texnika oʻquv yurtlari, oʻquv akademiyalari, oliy maktablar kiradi.

O.oʻ.yu.ning dastlabki koʻrinishlari boʻlmish falsafa maktablari miloddan avvalgi 5— 3-asrlarda Afina va Rimda vujudga keldi. Musulmon Sharqida esa islom qabul qilinib, shiddat bilan yoyilgan 10-asrga kelib arab xalifaligiga qarashli Iroq, Suriya, Misr mamlakatlarida O.oʻ.yu.ning Madrasa shakli qaror topdi. Musulmon Renessansining yuzaga chiqishida Madrasa taʼlimi tizimi muhim ahamiyatga ega boʻldi.

O.oʻ.yu. sifatida universitetlar musulmon madrasalari taʼsirida Gʻarb Renessansining boʻlgʻusi oʻchoklarida ancha keyin: 11 —12-asrlarda Italiya (Saler-no va Bolonya), Fransiya (Parij), 12-asr oxiri — 13-asr boshlarida Ispaniya (Salamanka) va Angliyada (Oksford) paydo boʻldi. Keyinchalik universitetlar boshqa mamlakatlarda ham ochila boshladi. Rossiyada birinchi oliy oʻquv yurti 1725 yilda ochilgan Peterburg FA krshidagi Akademiya universiteti edi. 1755 yil M. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti ochildi.

Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy oʻquv yurti Abu Bakr Muhammad Narsha-xiyning "Buxoro tarixi" asarida ay-tib oʻtilgan 937 yilgi yonginda zarar koʻrgan Forjak madrasasi boʻlgan. Turkistondagi ilk O.oʻ.yu. 2 turga boʻlingan. Birinchi turi Madrasa deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi turdagi O.oʻ.yu.lari oliy madrasalar (madrasai aʼlo) deyilgan. Oliy madrasalarda darsxonalar ham, xujralar soni ham koʻp boʻlgan, bu yerdagi mudarrislar ilm axdi tomonidan tan olingan, talabalarga berila-digan vazifalar miqsori koʻproqboʻlgan. Oliy madrasalar siyosiy va ilmiy poytaxt hisoblanmish shaharlarda faoliyat koʻrsatgan. Ularga ajratilgan vaqf yerlar miqdori katta boʻlgan va ular shahardagi eng hashamatli binolarda joylashgan. Oliy madrasada berilgan sanad (diplom) musulmon olamining barcha joylarida inobatga oʻtgan. Madrasalardagi talabalar oʻzlashtirish darajalariga qarab, taʼlimning quyi (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) bosqichlarini oʻtaganlar. Muayyan bosqichni sakkiz yilda oʻtay olmagan talaba va-zifadan mahrum qilingan. Oliy oʻquv yurtlariyu.ning bu tizimi to shoʻrolar boshqaruvi qaror topganga qadar davom etdi. 1929 yil ga kelib, Shoʻro hukumati O.oʻ.yu.ning Madrasa turini rasmiy ravishda taqiqlab quydi (yana q. Madrasa).

Oʻzbekistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi oliy oʻquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918 y.ning 16 martida tashkil etilgan Turkiston xal k, univer-sitetidir. Ammo bu universitet faqar rus tilida maʼlumot olgan kishilarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan boʻlib, oʻlkaning haqiqiy egalariga oliy maʼlumot berish koʻzda tutilmagan. Millatning fikriy rivojida zamonaviy universitetlarning gʻoyat ulkan oʻrin tutishini anglagan Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning koʻmagi bilan 1918 yil 12 mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, qishloq xoʻjaligi, texnika singari 5 fakultet faoliyat koʻrsatgan. Oʻlkada oʻrta maʼlumotli yoshlar kam boʻlgani uchun ham Xalq dorilfununi qoshida oʻqishga kirishga tayyorlaydigan maktab va kurslar tashkil etilgan. 1919 yildan boshlab shu maqsadda ishchilar fakultet (rab-fak)lari yuzaga keldi. Xalq dorilfununining milliy asoslarda mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatayotganligidan xavotirga tushgan RSFSR Xalq komissarlari kengashi 1920 yil 7 sentabrda 2 yildan oshiqroq vaqtdan buyon ishla-yotgan dorilfununni "tashkil etish" va uni davlat universitetiga aylantirish haqida dekret chiqardi. Bu ish oliy oʻquv yur-tida mahalliy mutaxassislarning kamroq boʻlishi va oliy taʼlimning tashkil etilishida milliy xususiyatlar hisobga olinishiga imkon bermaslik uchun qilingan edi. Xalq dorilfununi 1920 yildan Turkiston davlat universiteti, 1923 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 yildan Toshkent davlat universiteti (ToshDU), 2001 yildan Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) tarzida atalgan.

1918 yil 8 noyabrda tashkil etilgan Turkiston sharqshunoslik instituti mamlakatimizdagi ikkinchi oliy oʻquv yurtidir (bu institut 1924 yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining fakultetiga aylantirilgan). 1919 yilning 15 avg .da tashkil etilgan Turkiston oʻlkasi oliy tibbiyot maktabi Oʻzbekistondagi uchinchi oliy oʻquv yurti boʻldi (maktab 1919 yil ning 27 noyabr

da Oʻrta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakultetiga aylantirilgan). 1927 yil Samarkandda ochilgan Oʻzbekiston Oliy ped . instituti (1930 yildan Oʻzbekiston Ped. akademiyasi) mamlakatimizdagi toʻrtinchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. 1933 yil shu oliy maktab negizida Oʻzbekiston davlat unti (1960 yildan Alisher Navoiy nomidagi Samarkand universiteti) tashkil boʻldi.

1929 yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti negizida bir qator O.oʻ.yu. tashkil etildi. Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjalik instituti (q. Toshkent agrar universiteti), Oʻrta Osiyo Paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (q. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti), Oʻrta Osiyo energetika, Oʻrta Osiyo geolo-razvedka (bular keyinchalik Toshkent texnika universitetining fakultetlariga aylantirilgan) va Oʻrta Osiyo qurilish (q. Toshkent meʼmorlik va kurilish instituti) singari O.oʻ.yu. tashkil topgan. 1931 yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti asosida To-jikiston Qishloq xoʻjaligi, Oliy ped., Turkmani-ston Zooveterinariya institutlari, Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Oʻrta Osiyo Plan instituti (q. Toshkent iktisodiye’t univer-siteti) tashkil etildi. Oʻrta Osiyo respublikalaridagi 15 oliy oʻquv yurti va oʻnlab i.t. muassasalari SAGUdan ajralib chiqqan. 20-asrning 30—40-asrlarida Oʻzbekistondagi koʻplab O.oʻ.yu. Oʻrta Osiyo miqyosida ish koʻrganligi diqqatga sazovordir. Ularda tegishli sohalar boʻyicha faqat mamlakatimizga emas, balki butun Oʻrta Osi-yoga oliy malakali kadrlar yetishtirib berilgan. Shu tariqa, Oʻzbekiston qar-dosh mamlakatlarni oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan taʼminlash va u joylarda O.oʻ.yu. tizimini yaratishning oʻziga xos oʻchogʻi boʻldi.

2-jahon urushigacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda bir nechta O.oʻ.yu. tashkil etildi. 1932 yil Oʻrta Osiyo Temir yoʻl injenerlari instituti (q. Toshkent temir pul transporti muhandislari instituti), Samarkand qishloq xoʻjalik instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Oʻrta Osiyo Sovet qurilishi va huquqi instituti (q. Toshkent yuridik instituti), 1935 yil Toshkent ped. instituti (q. Toshkent pedagogika universiteti), 1936 yil Toshkent konservatoriya-si, 1937 yil Toshkent farmatsevtika instituti tashkil topdi.

1940/41 oʻquv yilida Oʻzbekistonda 30 oliy oʻquv yurti boʻlib, ularda 19061 talaba oʻqigan. 2-jahon urushi yillarida Oʻzbekistondagi O.oʻ.yu. faoliyati izdan chiqdi. Talabalarning asosiy qismi frontga chaqirilgani, oliy taʼlimni mablagʻ bilan taʼminlash nihoyatda ogʻirlashgani uchun ham O.oʻ.yu. da oʻqiydiganlar miqsori keskin kamaydi. Buning salbiy oqibatlari urushdan keyingi yillarda ham yaqqol se-zilib turdi. Natijada, moddiy-texni-ka hamda oʻquv-ilmiy bazasi nochorla-shib krlgan bir qator institutlar yirik O.oʻ.yu.ga (mas, ayrim ququq va ped. institutlari universitetlarga, oʻqituvchilar institutlari ped. institutlariga) qoʻshildi.

Mustaqillik arafasida Oʻzbekistonda 41 oliy oʻquv yurti boʻlib, ulardan 3 tasi universitet (ToshDU, SamDU va 1976 yil tashkil etilgan Krraqalpogʻiston universiteti), 15 tasi ped. instituti, 7 tasi texnika instituti, 3 tasi iqtisod instituti, 5 tasi tibbiyot instituti, 4 tasi qishloq xoʻjaligi instituti, 3 tasi sanʼat instituti, 1 tasi jismo-niy tarbiya va sport instituti boʻlgan.

Mustaqillikka erishilgach, Oʻzbekistonda O.oʻ.yu. tizimi milliy asoslarda tubdan qayta qurildi. O.oʻ.yu. ning zamon talablariga moye, raqobatbardosh oliy malakali kadrlar tayyorlash im-koniyati yaratilishiga alohida ahami-yat berildi. Shu maqsadda universitet tizimi kengaytirildi. 1992 yilga kelib, mamlakatimizdagi untlar soni 12 taga yetdi. Mustaqillikdan keyin bir qator yangi O.oʻ.yu.lari tashkil qilindi. 2002 yil Oʻzbekistondagi O.oʻ.yu. soni 61 tani tashkil etdi. Shulardan 18 tasi universitet boʻlib, krlganlari institutlar, oʻquv akademiyalari, oliy maktablardir. 2001/2002 oʻquv yili 61 oliy oʻquv yurtida 207,2 ming talaba taʼlim oldi.

OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, irqi, millati, jinsi, ijtimoiy mavqei, mulki, diniy eʼtiqodidan qatʼi na-zar, har bir Oʻzbekiston fuqarosi O.oʻ.yu.da oʻqish huquqiga ega. O.oʻ.yu.da taʼlim davlat hisobidan va shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. O.oʻ.yu. ga 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va oʻrta maxsus maʼlumotli kishilar (O.oʻ.yu.ning sirtqi boʻlimida yoshga qaralmaydi) qabul qilinadi. O.oʻ.yu. ga kiruvchilar tanlagan mutaxassisligiga oid fanlar, ona tili va adabiyot, shuningdek, chet tillaridan umumlashgan test topshiradilar. Ijodiy harak-terdagi O.oʻ.yu.da (konservatoriya, sanʼat, jismoniy tarbiya, jurnalistika) testdan tashqari ixtisoslikdan ham imtihon topshiriladi.

O.oʻ.yu.ga rektor boshchilik qiladi. Oʻquv, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga rahbarlik prorektorpar tomonidan amalga oshiriladi. O.oʻ.yu. fakultetlaraan tashkil topadi. F-tlarda bir yoki oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha mutaxassislikdan talaba va aspirantlar oʻqitiladi, xalq xoʻjaligining tegishli sohalaridan mutaxassislar malakasini oshiradi, shuningdek, kafedralarning i.t. faoliyatiga rahbarlik qiladi. F-tga dekan boshchilik qiladi.

O.oʻ.yu. (f-tlar) faoliyatidagi asosiy masalalarni koʻrib chiqish va hal etish uchun rektor (dekan) huzurida O.oʻ.yu., fakultetlar Ilmiy kengashi tashkil etiladi. Shuningdek, Oliy attestatsiya ko-miesiyasi tomonidan nomzodlik va d-rlik dissertatsiyasi yoqlash boʻyicha Himoya kengashlari ham, asosan, O.oʻ.yu.da tashkil etiladi.

O.oʻ.yu.ning prof.-oʻqituvchilari uchun quyidagi lavozimlar belgilangan: kafedra mudiri, prof., dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi, assistent. Bular tanlov yoʻli bilan har 5 yilda bir sayla-nadi. Tanlov qarorlari O.oʻ.yu. kenga-shida yashirin ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Ayrim yirik O.oʻ.yu.da dotsent, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi la-vozimlariga saylash vakolati fakultet ilmiy kengashiga berilgan.

O.oʻ.yu.da oʻquv jarayoni OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan oʻquv rejasi va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.

O.oʻ.yu.da darslarga qatnashish majburiy. Oʻquv yili yakuniy baholash bilan tamomlanadigan 2 semestrdan iborat. Oʻzbekistondagi O.oʻ.yu.da taʼlim 2 bosqichli boʻlib, kamida 4 yillik bakalavriat va kamida 2 yillik magistraturadan iborat. Bakalavriat bos-qichida talaba oʻqigan asosiy kurelardan davlat attestatsiyasidan oʻtadi va malakaviy bitiruv ishi yozadi. Magistratura bosqichida esa magistrlik dissertatsiyasi tayyorlab, himoya qiladi. Shuningdek, mamlakatimizda ekstern (ma-shgʻulotlarga qatnamay, individual tayyorgarlik asosida) yoʻl bilan oʻqish ham koʻzda tutilgan.

O.oʻ.yu.ning bakalavriat bosqichini bitirganlarga mutaxassislik, magistratura bosqichini tugallaganlarga ixtisoslik beriladi. O.oʻ.yu.ni bitiruvchilarga (kunduzgi, sirtqiligidan qati nazar) ixtisosi boʻyicha bir xil kuchga ega yagona namunadagi diplom beriladi. Asosiy fanlarning 75% dan ortigʻini "aʼlo" baxrlarga oʻqigan talabalar imtiyozli diplomga ega boʻladilar.

Qozoqboy Moʻldoshev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil