Adigeya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adigeya Respublikasi — Kavkaz tog‘ tizmasining shim. yon bag‘rida, Kuban atrofidagi tekislikda joylashgan. Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o‘lkasi tarkibiga kiradi. Maydoni– 7,6 ming km². Aholisi – 450 ming kishidan ortiq (1999). Poytaxti – Maykop shahri.

Tabiati[tahrir]

Yer yuzasining aksariyati Shim. Kavkazga xos o‘rqirli tekislik-dan iborat, jan.dagi tog‘larning bal. 3238 m (Chugush togi). Gaz, neft konlari, ma’danli buloqlar bor. Sement, ohak, oyna i.ch. uchun xom ashyo zaxiralariga ega. Tog‘larda koshinkorlik va bezakbop tosh-lar ko‘p. Maykop tuprog‘ining xususiyat-lari noyob. Adigeya hududining qariyb 40%ni o‘rmonlar ishg‘ol qiladi. Tog‘ va vodiy-larda dub, buk, qayin, shumtol, zarang, kavkaz pixtasi, sharq archasi, qarag‘ay, te-rak, sambit, qayrag‘och, lipa (jo‘ka) o‘sadi. Adigeyada 60 turdagi sut emizuvchi hayvon, 200 xil parranda yashaydi. Iqlimi – mo‘’tadil iliq. Yanv.ning o‘rtacha temperaturasi 193–2°, iyulda 22° atrofida. Yiliga 700 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryosi – Kuban; uning irmoqlari – Laboy, Be-loy va boshqa Tuprog‘i – asosan qoratuproq. Kavkaz qo‘riqxonasining aksariyati Adigeya hududida.Aholisining ko‘pchiligi adigeylar va ruslar. Adigeylarning taxminan 82% o‘z tarixiy hududida yashaydi. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km² ga 58,8 kishi to‘g‘ri keladi. Shahar aholisi 54%ni tashkil etadi.

Tarixi[tahrir]

Taxminan 13-asrda g‘arbiy adigey qabilalari adigey elati bo‘lib tarkib topa boshladi (antik yozuvchilarning da-lolat berishicha, meotlar, sindlar va boshqa ularning ajdodlari bo‘lgan). 13-asrda adi-geylarni Oltin O‘rda o‘ziga bo‘ysundirib olgan. 16-asrda turk sultonlari va Qrim xonlari adigeylarni qaram qilish uchun hujum uyushtirgan. 1557 yildan Adigeya Rossiya tarkibida. 1918 yil Maykopda sho‘ro hokimiyati e’lon qilindi, may oyida adigeylar yashovchi hudud Kuban-Qora dengiz sovet respublikasi tarkibiga ki-ritildi. 1922 yil Cherkasiya muxtor viloya-ti tuzildi, u 1928 yilda Adigeya muxtor viloyati deb ataldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida 1942 yil avgustda nemis-fashist bosqinchilari Adigeya hududini bosib oldilar. 1943 yil ozod qilindi. 1991 yil Adigeya muxtor viloyati Adigeya respublikasi bo‘ldi. 1995 yil martda Adigeya konstitutsiyasi qabul qilindi.

Xo‘jaligi[tahrir]

Adigeya xalq xo‘jaligida sa-noat yetakchi o‘rin oladi. Uning asosiy tarmoqlari – oziq-ovqat va qayta ish-lash sanoati. Energetikasi issiqlik elektr st-yalari va gidroresurslarga taya-nadi. Konserva, vinochilik, yog‘-moy, tama-ki, qand-shakar, sut zavodlari bor. O‘rmon, yog‘ochsozlik, mashinasozlik sanoati kor-xonalari mavjud. Asosiy sanoat markazi Maykop sh. Adigeya da asosiy ekinlar bug‘doy, makkajo‘xori, sholi, kungaboqar, qand lavlagi, zig‘ir, tamaki, choy, efir moyli o‘simliklar. 250 ming ga haydaladigan yer bor. Parrandachilik qishloq xoʻjaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Qoramol, qo‘y va echki boqiladi. Yilqichilik va asalari-chilik rivojlangan. Asosiy transport turi – temir yo'l Avtomobil va havo transporti rivojlangan. Kuban daryosida kemalar qatnaydi. Adigeyadagi mashinasoz-lik, yog‘ochsozlik, yengil sanoat korxona-lari mahsulotlari – stanoklar, turli tipdagi reduktorlar, mebel, karton, oziq-ovqat, shuningdek qora metallar, moyli ekinlar urug‘i jahondagi 17 mam-lakatga chiqariladi. Maykop shahrida ishlab chiqariladigan yuksak darajada tozalan-gan insulin chet elda keng tarqalgan.

Madaniyati[tahrir]

Adigeyada o‘rta umumiy, hunar-texnika va oliy ta’lim rivojlangan. Adigeyada universitet, Maykop davlat texnologiya instituti, Adigeya xalqaro FA, tarix-o‘lkashunoslik muzeyi, ommaviy kutubxonalar, klub muassasalari bor. Qadim zamonlardan mardlik eposi, qahramonlik qo‘shiqlari, og‘zaki tarixiy hikoyalar keng yoyilgan. Adabiyot va san’at arboblari – shoirlar L. Kuek, R. Xochemizova, rassomlar P. Amosyan, V. Dolgov, V. Mexed, F. Petuvash, T. Kat, M. Tuguz, Z. Guchev, M. Gogunokovlar mashhur. Jez davridan qolgan oltin va kumush idishlar, hayvonlar tasvirlangan haykalchalar ma’lum, ilk temir davrida zargarlik buyumlari va keramika paydo bo‘lgan. Amaliy naqsh san’atining an’anaviy turlari: kumush-ga gul solish, zar va kumush ip bilan kashta tikish rivojlangan. Hozirgi davrda dastgoh tasviriy san’ati urf bo‘ldi. O‘rta a.larda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li respublika hududidan o‘tgan. Adigeylarning ajdodlari jahon arxeologiyasida mashhur bo‘lgan Maykop madaniyatini yaratganlar, mahobatli tosh sag‘analar barpo etganlar. Adigeyada simfo-nik orkestr, kamer teatri, xalq cholg‘u as-boblari orkestri ishlab turibdi. May-kopda Sharq xalqlari san’ati Davlat muzeyining filiali ochilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil