Oʻrmon xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻrmon xoʻjaligi — ijtimoiy ishlab chiqarish tarmogʻi. Oʻrmonni oʻrganish, oʻstirish va qayta tiklash, hisobga olish ishlarini amalga oshiradi, oʻrmonni yongʻindan, zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qiladi, xalq xoʻjaligining yogʻoch va boshqalar oʻrmon mahsulotlariga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida oʻrmon resurslaridsh foydalanishni tartibga soladi. Oʻrmon xoʻjaligining asosiy vazifasi biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida oʻrmonlardan oqilona foydalanish va ularni asrash. Oʻrmon xoʻjaligining asosiy tamoyillari oʻrmondan, oʻrmon resurslari va oʻrmon fondi yerlaridan uzluksiz, toʻliq va maqsadga muvofiq foydalanishni taʼminlash, oʻrmonni oʻz vaqtida tiklash, ularning mahsuldorligini va sifatini oshirish va boshqalarOʻ.x.da katta zaxiradagi yetilgan daraxtlari koʻp oʻrmonli mintaqalarda yogʻoch tayyorlash ishlarini oʻrmon sanoatiga qarashli ixtisoslashgan xoʻjaliklar olib boradi. Oʻrmon xoʻjaligi oʻrmonni oʻrganish, hisobga olish, qayta tiklash, uni muhofaza qilish, oʻrmondan foydalanishni tartibga solish ishlarini; yogʻoch tayyorlash va unga dastlabki ishlov berish ishlarini ham olib boradi. Oʻrmon xoʻjaligining muhim xususiyati oʻrmon yetishtirishning uzoq davom etishidir (2050 yil).

Oʻzbekistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi Oʻrmon xoʻjaligi 1873 yil hozirgi Boʻstonliq tumani hududida tashkil etilgan. 1875 yilda Turkiston togʻ tizmasining Molguzar tarmogʻi yon bagʻrida Zomin oʻrmonzor dam olish maskani Oʻrmon xoʻjaligi, 1890 yilda Toʻrtkoʻl Oʻrmon xoʻjaligi ish boshladi. 1925 yilgacha respublikada umumiy maydoni 642,3 ming ga boʻlgan 16 Oʻrmon xoʻjaligi va 36 oʻrmonzor dam olish maskanlari bor edi. 1996 yilda respublikada Oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, qoʻriqxona va parklar soni 90 taga yetdi. Oʻzbekistonda Toshkent, Chirchiq, Bekobod, Sirdaryo, Samarqand, Zomin, Shofirkon, Peshku, Qorakoʻl, Qarshi, Qumdaryo, Koson, Yakkabogʻ, Termiz, Bobotogʻ, Denov, Uzun, Baxmal, Nukus, Toʻrtkoʻl, Fargʻona, Qoʻqvn, Andijon, Namangan va boshqalar 70 ga yaqin Oʻrmon xoʻjaligilari faoliyat koʻrsatadi. Oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining asosiy vazifalari oʻrmonlarning umumiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda respublika oʻrmon resurslarini qayta tiklash, qoʻriqlash, xalq xoʻjaligi uchun oʻrmon mahsulotlari va dorivor oʻsimliklar yetishtirish va tayyorlash, shuningdek, lalmikor yerlarda sunʼiy oʻrmon yaratish, sugʻoriladigan maydonlarda ihota oʻrmonlari tashkil etish, togʻlardagi tabiiy archa, pista, bodom, yongʻoqzorlarni qayta tiklash, ularning hosildorligini oshirish va boshqalar Respublikaning Oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida yiliga 50—60 ming m3yogʻoch, shu jumladan 2 ming m3dan oshiqroq binokorlikka yaroqli yogʻoch, 300 t dan koʻproq turli oʻsimlik, buta, daraxt urugʻlari tayyorlandi. Oʻrmon xoʻjaligida 36 dan ziyod yovvoyi dorivor va oziq-ovqat oʻsimliklari tayyorlanadi, respublikaning farmatsevtika va oziq-ovqat korxonalariga 700 t dan ziyod xom ashyo yetkazib beriladi. Respublikada Oʻrmon xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining oʻrmonchilik bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi. Oʻrmon xoʻjaligi muammolari Oʻzbekiston oʻrmonxoʻjaligi instituti hamda oʻrmonqurilish va loyihaizlanish korxonasida olib boriladi. Respublika Oʻrmon xoʻjaligi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar Toshkent agrar universitetining Oʻrmon xoʻjaligi ftida, Toshkent oʻrmonmelioratsiya kollejida tayyorlanadi.