Arxangelsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Rossiya Federatsiyasi subyekti
Нижегородская область
Arxangel viloyati
Arxangel viloyati bayrog'i Arxangel viloyati gerbi
Arxangel viloyati bayrogʻi Arxangel viloyati gerbi
Arkhangelsk in Russia (+Nenets hatched).svg
Administrativ markaz Arxangelsk
Maydon 589 913 km² (8chi)
- suv qismi 0,2%
Aholi 1 159,7 ming kishi (41chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 1,97 kishi / km²
YaIM 355,9 mlrd rub. (28chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 235,3 ming rub.
Federal okrug Shimoli-Gʻarbiy
Iqtisodiy tuman Shimoliy
Gubernator Igor Anatoliyevich Orlov
Deputatlar majlisi raisi Vitaliy Sergeyevich Fortigin
RF subyekti kodi 29
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)
Rasmiy sayt www.dvinaland.ru

Arxangelsk viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Neneslar muxtor okrugi hamda Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri va Solovki olarini o‘z ichiga oladi. Viloyat shimoliyda Oq, Barens va Kara dengizlarga tutash. Arxangelsk viloyati Rossiyaning aholisi eng siyrak joy-lashgan yerlaridan biri. Aholisi 1 mln. 500 mingdan ortiq (1999), shundan shahar aholisi 1205 ming, qishloq aholisi 419 ming, asosan ruslar, neneslar va komilar. 1937 yil 23 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 587,4 ming km². Arxangelsk viloyatida 20 ma’muriy tuman, 13 shahar, 40 shaharcha bor. Markazi – Arxangelsk shahriViloyatning markaziy qismi bir necha daryo vodiylari (Shimoliy Dvina va uning irmoqlari) kesib o‘tgan tekislikdan iborat. Uning kattagina qismi botqoqlik, g‘arbiy qismida pastroq qirlar, markazidagi tekislikda Timan kryaji bor. Foydali qazilmalari – ko‘mir, torf va gips. Iqlimi sovuq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi g‘arbda –12°, sharqda –18*. Iyuliing o‘rtacha temperaturasi viloyat janubida 16°, shimolida 8°. Tez-tez shamol bo‘lib turadi; 350–550 mm yog‘in yog‘adi. Muhim daryolari: Shimoliy Dvina, Onega, Pechora; ko‘l ko‘p (Lacha, Kenozero, Kojo-zero va boshqalar). Tuproqlari gleyli tundra, podzol va botqoqtuproqpar. Igna bargli 658o‘rmonlar bor. Tyulen, tiyin, quyon, oq tulki, suvsar va boshqa yashaydi.Arxangelsk viloyati yog‘och tayyorlash, yog‘och-kimyo sanoatini rivojlantirish va yog‘och-taxta eksport qilishda Rossiyaning muhim rayoni hisoblanadi. Arxangelsk, One-ga, Mezen, Naryan-Mar shaharlarida taxta tilish sanoati rivojlangan. Sanoatining sellyuloza-qog‘oz, gidroliz (Arxangelsk) tarmoqlari, sulfat-spirt olish, yog‘ochdan standart uylar tayyor-lash taraqqiy etgan. Kotlasda yirik sellyuloza-qog‘oz kombinati bor. Mashinasozlik, xususan, transport mashinasozli-gi muhim o‘rin tutadi. Arxangelsk va Kotlas shaharlarida kemasozlik va kema tuzatish sanoati rivojlangan. Arxan-gelskda yirik baliq kombinati, Shoyna, In-digi, Naryan-Mar shaharlarida baliq kon-serva zavodlari ishlab turibdi. Boksit zaxiralari asosida rangli metallurgiya rivojlanmoqda.Arxangelsk viloyatida sut chorvachiligi katta urin tutadi. Xolmogori sersut sigirlar zoti Arxangelsk viloyatida yaratilgan. Bug‘uchilik bilan shug‘ullaniladi, baliq va dengiz hayvonlari, tiyin va qutb tulkisi ov-lanadi. G‘alla ekinlaridan suli, arpa, bug‘doy ekiladi. Asosiy temir yoʻllari: Moskva – Arxangelsk, Konosha – Kotlas, Obozerskaya – Belomorsk. Shimoliy Dvinada kema qatnaydi. Arxangelsk, Onega, Me-zen, Naryan-Mar dengiz portlari bor. Arxangelsk viloyatida umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy kutubxona, klub bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil